Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston Kubogi bo‘yicha savollarga javoblar

O‘zbekiston Kubogi bo‘yicha savollarga javoblar

Baho:
+ | -

Bugun kechasi yurtimizdagi internet nashrlari start olayotgan O‘zbekiston Coca Cola kubogi bo‘yicha bir qator savollarni o‘rtaga tashladi. O‘zPFL ularga javob berishni lozim deb biladi. Materialda aytib o‘tilganidek, pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffus sabab kubok formati o‘zgargan. Unga ko‘ra, mag‘lub jamoa musobaqani tark etadi. Shu tariqa ikki eng kuchli jamoa finalda to‘qnash keladi. Finalgacha bo‘lgan yo‘lni jamoalarga ko‘r-ko‘rona qur’a aniqlab beradi.

O‘yinlarning asosiy vaqtida durang natija qayd etilsa, 15 daqiqadan ikki qo‘shimcha taymlarga navbat beriladi. Kelishuv bo‘yicha mazkur qoida saqlab qolingan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, O‘zPFL ayollar o‘rtasidagi mamlakat kubogining final uchrashuvida ehtimoliy durangdan keyin darhol penaltilar seriyasiga navbat berish taklifini o‘rtaga tashlagandi. Biroq jamoalar qo‘shimcha taymlarni afzal deb bilishdi. Ya’ni, pley-off formatida o‘tadigan musobaqalardagi qo‘shimcha taymlar ham alohida ahamiyat kasb etishi aytildi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogida sariq kartochkalari soni 2 taga yetgan futbolchilar avtomatik ravishda keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur. Bu qoida o‘zgarishsiz qolgan. Jamoalarga 5 nafar futbolchi almashtirish uchun ruxsat berilgan. Bunda dastlabki 90 daqiqa ichida futbolchi almashtirish uchun har bir jamoaga 3 tadan imkoniyat taqdim etiladi. O‘yin qo‘shimcha taymlarga qadar yetib borsa, yana 1 nafardan futbolchi almashtirish mumkin bo‘ladi. Umumiy hisobda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar 5 nafardan oshmasligi kerak.

Shuningdek, dastlabki 90 daqiqa ichida foydalanilmay qolgan imkoniyat qo‘shimcha taymga o‘tmaydi. Yuzaga kelgan tanffus sabab O‘zPFL Coca Cola Superliga hamda U-21 musobaqalaridan tashqari barcha turnilar formatiga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning barchasi jamoalar bilan kelishilgan holda amalga oshirildi.

Shuningdek, reglamentdagi o‘zgarishlar qo‘shimcha nizom bilan tasdiqlab qo‘yilgan. Uchrashuv hakamlari, inspektorlar, komissarlar bundan xabardor etilgan. O‘zPFL mazkur holatlar jamoatchilikka oshkor etilishi masalasida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganini tan oladi va buning uchun futbol muxlislaridan uzr so‘raydi. Ishonamizki, qolgan musobaqalar kabi O‘zbekiston Coca Cola kubogi ham yuqori saviyada yakuniga yetadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 09:57, 07.12.2020.
O'qildi: 1875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.