Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Superliga. Noyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Superliga. Noyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Noyabr oyida Superligada 23, 24, 25 hamda 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar:

Shota Arveladze (“Paxtakor”) – 4ta o‘yin, 3ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat

Dilyaver Vaniyev (“Mash’al”) – 4ta o‘yin, 3ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat

Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) – 4ta o‘yin, 2ta g‘alaba, 1ta durang, 1ta mag‘lubiyat

Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 4ta o‘yin, 2ta g‘alaba, 1ta durang, 1ta mag‘lubiyat.

 

Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar:

Sardor Abduraimov (“Mash’al”) – 2ta gol, 2ta assist

Marko Stanoyevich (“Nasaf”) – 2ta gol

Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) – 2ta gol

 

Noyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar:

Fayzullo Jumanqo‘ziyev (“Surxon” – “Buxoro”)

Marko Stanoyevich (“Bunyodkor” – “Nasaf”)

Sardor Abduraimov (“Mash’al” – “Navbahor”)

Ibe Okoro (“Buxoro” – “Mash’al”)

Azimjon Ahmedov (“Qo‘qon-1912” – “Navbahor”).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL  tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali oktyabr oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:54, 07.12.2020.
O'qildi: 2430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.