Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Diyor Imomxo‘jayev: «Aral» FK masalasida

Diyor Imomxo‘jayev: «Aral» FK masalasida

Baho:
+ | -

Va nihoyat, "Aral" FK masalasida jiddiy bosh qotirilayotgani biz uchun quvonarli. O‘zPFL ishchi guruhi "Aral" masalasini muhokama qilish uchun Nukusga bordi.

Biz birinchi galda "Turon" stadionini ko‘zdan kechirdik. Stadion qayta ta’mirlashga muhtoj. Maydon qoplamasini o‘zgartirish talab etiladi. Shuningdek, kiyim almashtirish xonalari, OAV uchun sharoitlar masalasi, hakamlar xonalari, teletranslyasiya kabi masalalarda qator ishlar qilinishi zarur. Klub uchun moddiy-texnik baza kerak, akademiyani shakllantirish muhim.

Nukusda Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev bilan, ertasiga esa Juqori Kengash raisi Murat Kamolov bilan uchrashdik. Bunda "Aral" futbol bilan bog‘liq bir qator rejalarga oydinlik kiritib olindi:

— "Turon" stadionini kapital ta’mirdan chiqarish masalasi;

— "Turon" stadioni qoplamasi FIFA talablariga javob beradigan sun’iy gazon bilan almashtirilishi masalasi (iqlim sharoitidan kelib chiqib, sun’iy maydon hozircha eng afzal variant);

— "Turon" stadioniga yondosh bo‘lgan sobiq Madaniyat instituti o‘rnida "Aral" FK uchun sport moddiy-texnik bazasini shakllantirish masalasi (bunda asosiy binodan tashqari 2 ta katta maydon, basseyn, trenajer zali, kichik maydonlar, medpunkt va hokazolar bo‘ladi);

— "Aral" FK uchun yangi avtobus xarid qilish masalasi;

— Nukus shahridagi futbol mahorat maktabini bosqichma-bosqich "Aral" FK akademiyasiga aylantirish masalasi.

Ayni vaqtda mazkur rejalarni amalga oshirish hamda ularga moddiy resurslar ajratish masalasini kelishib olish uchun ish Vazirlar Mahkamasiga oshirilgan.

Murat Kamolov bilan uchrashuv iliq taassurot qoldirdi. Ayni vaqtda hudud rahbarlarining o‘zi yuqoridagi masalalar yuzasidan harakatni boshlagan. Ular "Aral" futbolini sun’iy ravishda ko‘tarish emas, uning poydevorini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishini juda yaxshi tushunadi. Balki "Aral" FK keyingi 2-3 yilda yaxshi natija qayd etmasligi mumkin. Biroq bu vaqt ichida klub poydevori shakllanadi, kelajakda Qoraqalpog‘iston katta futbolda o‘z so‘zini aytishni boshlaydi, hududda iqtidorli yosh futbolchilar talaygina. "Nasaf" FK bugungi holatiga kelishi uchun qancha vaqt sarf etilganini siz juda yaxshi bilasiz.

Mamlakat prezidentining Qoraqalpog‘istonga tashrifi hudud futbolida tub burilish yasaydi. O‘sha vaqtdan buyon Superliga klublari sonini 16 taga yetkazish va hokazolar haqida gap-so‘zlar ko‘paydi. Biz ayni holatda barchasi rejadagidek va aql bilan amalga oshayotganidan xursandmiz. Moziyga qaytib ish ko‘rmak, xayrlidur.

Diyor Imoxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 08:44, 08.12.2020.
O'qildi: 2843 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.