Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Vladimir Andreev: "Yosh futbolchilarimizga tajriba yetishmadi"

Vladimir Andreev: "Yosh futbolchilarimizga tajriba yetishmadi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 final doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Surxon” uchrashuvidan keiyngi matbuot anjumanining birinchi qismida “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Andreev ishtirok etdi.

- Nima desam bo‘ladi. O‘zingiz ko‘rdingiz,bugun tarkibimizd katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Yoshlarni sinab ko‘rdik. Ular uchun ham bu katta maktab bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun boricha, kuchimiz yetgancha o‘ynadik. Gol o‘tkazib yuborguncha hammasi yaxshi bo‘layotgandi. Yosh futbolchilarimizga tajriba yetishmadi.

Ayni damda jamoamiz safida maydonga tushgan ko‘plab futbolchilar kelajakda yaxshi o‘yinchi bo‘lib yetishiga ishonaman. Surxondaryo har doim yaxshi futbolchilarni yetishtirib bergan.

Qo‘qonga nima sababdan asosiy tarkibimiz kelmadi? Ayrim futbolchilarning chiptasi bor edi. Ba’zi futbolchilarda mikro jarohat bor, shunga o‘xshash muammolar jamoamizda bor edi. Ochig‘i bu savolga aniq javob berolmayman.

Kiritildi: 15:29, 08.12.2020.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик