Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun vodiydan qaytib yana vodiy sari otlanadigan bo‘ldik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun vodiydan qaytib yana vodiy sari otlanadigan bo‘ldik»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1/8 final uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi va keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalarning nomlari ham aniq bo‘ldi. Barcha uchrashuvlar nihoyasiga yetganidan so‘ng qur’a tashlandi va uning natijasiga ko‘ra "Nasaf" yana bir bor vodiyga safar qiladigan bo‘ldi. «Ajdarlar» O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1/4 finalida Namanganning «Navbahor» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Marosim yakunlaganidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning qur’a natijalari haqida fikrlari bilan qiziqdik.

“O‘zlaring bilasizlar, kecha Andijonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng bugun tushga yaqin Qarshiga yetib keldik. Keyingi bosqichda o‘z uyimizda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynaymiz deb umid qilgandim, lekin qur’a shuni ko‘rsatdiki, bugun vodiydan qaytgan bo‘lsakda yana vodiyga ketadigan bo‘ldik.

Barchaga ma’lum, bu yilgi O‘zbekiston kubogi finali Namanganda bo‘lib o‘tadi. Tabiiyki, mezbonlar ham shunga yarasha o‘yin ko‘rsatadi. Vaholanki «Navbahor» jamoasi o‘z uyida yaxshi futbol namoyish etadi. Muxlislar qiziqarli va shiddatli bahsga guvohi bo‘lishadi deb o‘ylayman", — deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» — «Nasaf» uchrashuvi 12 dekabr kuni soat 16:00 da Namangandagi «Navbahor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:35, 08.12.2020.
O'qildi: 3449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.