Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Dinamo» PFK murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo‘ylab yosh iqtidorlarni tumanlarda ko‘rikdan o‘tkazadi

«Dinamo» PFK murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo‘ylab yosh iqtidorlarni tumanlarda ko‘rikdan o‘tkazadi

Baho:
+ | -

2021 yilgi yangi mavsum oldidan yangi yosh iqtidorlarni saralab, «Dinamo» yoshlar jamoasiga tayyorlab borish maqsadida «Dinamo» futbol klubi murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo‘ylab yosh futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishadi.

«Dinamo» PFK murabbiylar shtabi klubning ertangi kuni sanalmish «Dinamo» (U18) yoshlar jamoasiga viloyatimizning barcha shahar va tumanlardagi 2002-2003 yillarda tug‘ilgan yosh havaskor futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, iqtidorlarni saralab olishni maqsad qilishgan. Klub tomonidan belgilangan dasturga binoan, «Dinamo» murabbiylar shtabi 10-16 dekabr kunlari Samarqand viloyati bo‘ylab, ajratilgan to‘rt hududda yig‘in tashkil etib, o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali yosh futbolchilarni saralab oladi.

«Dinamo» PFK murabbiylarining tumanlarda tashkil etadigan ko‘rigi sanasi, manzili hamda vaqti:

1-hudud: Kattaqo‘rg‘on shahri va tumani, Narpay, Paxtachi tumani uchun

Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahri, «Do‘stlik» stadioni

Qachon: 10 dekabr (payshanba), soat 10:00da boshlanadi.

2-hudud: Payariq, Oqdaryo, Ishtixon, Qo‘shrabot tumanlari uchun.

Manzil: Chelak shahri, «Turon» stadioni

Qachon: 12 dekabr (shanba), soat 10:00da boshlanadi.

3-hudud: Tayloq, Urgut, Jomboy, Bulung‘ur tumanlari uchun.

Manzil: Tayloq, «Qo‘shchinor» stadioni, 2-BO‘SM.

Qachon: 14 dekabr (dushanba), soat 10:00da boshlanadi.

4-hudud: Samarqand shahri, Samarqand tumani, Pastdarg‘om, Nurobod tumanlari

Manzil: Charxin qo‘rg‘oni, «Dinamo» futbol maktabi stadioni

Qachon: 16 dekabr (chorshanba), soat 10:00da boshlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 90 276 70 50

Ushbu yig‘inlar davomida yuqorida qayd etilganidek, faqat 2002-2003 yillarda tug‘ilgan barcha yosh havaskor futbolchilar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar o‘zlari bilan fuqarolik pasporti va sport kiyimlarida (butsa, shitki) bo‘lishlari talab etiladi. Kelajakda viloyatimizning bosh futbol jamoasida to‘p surishni maqsad qilgan barcha iqtidorlarni «Dinamo» klubi murabbiylari ko‘rigiga chorlab qolamiz!

«Dinamo» PFK ma’muriyati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:21, 09.12.2020.
O'qildi: 2151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.