Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Neftchi» – «Turon» o‘yinida hakamni tepgan futbolchi 10 yilga futboldan chetlatildi

«Neftchi» – «Turon» o‘yinida hakamni tepgan futbolchi 10 yilga futboldan chetlatildi

Baho:
+ | -

Farg‘ona shahrida o‘tgan «Neftchi» (Farg‘ona) va «Turon» (Yaypan) klublari o‘rtasidagi Pro liganing 20-tur o‘yinida futbolga xos bo‘lmagan holatlar sodir bo‘ldi.

«Istiqlol» stadionida o‘tgan mazkur bahsning yakunida o‘yin hakamlariga nisbatan qo‘pol va tajovuzkor munosabatda bo‘lib, ularga tan jarohati yetkazildi.

O‘FA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh Ichki ishlar vazirligi, «Neftchi» – «Turon» uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvda yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bordi.

Har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari yakuniga yetgach barcha kerakli ma’lumotlar, shuningdek, o‘yin qaydnomasi, uchrashuv nazoratchisi va komissarining bildirgilari, ommaviy tartibchsizlik aks etgan videomateriallar O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etildi.

«Neftchi» – «Turon» uchrashuvidan so‘ng vujudga kelgan tartibsizlikni ko‘rib chiqish va aybdorlarga chora ko‘rish masalasi Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida atroflicha muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Unga ko‘ra, «Neftchi» klubi futbolchisi J.L.To‘raqulov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga qasddan tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan O‘FA Intizom kodeksining 5.6 va 5.49-bandlariga asosan 10 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlatish intizom chorasi qo‘llandi.

«Neftchi» klubi futbolchilari SH.Abdullayev, S.M.Zoikrov va J.Q.Qobulov uchrashuv bosh hakami SH.Nasibullayevga hujum qilganligi uchun ularning har biri O‘FA Intizom kodeksining 5.48-bandiga asosan 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million so‘mdan jarimaga tortildi.

«Neftchi» klubi futbolchisi D.F.Toshmatov uchrashuv yordamchi hakami D.Saylavovga nisbatan tajavuzkor harakat qilganligi uchun Intizom kodeksining 5.49-bandiga  asosan 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi.

Uchrashuv yakunlangandan so‘ng muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, «Neftchi» futbol klubi mas’ullari jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq yetarlicha choralar ko‘rilishini ta’minlamagani uchun «Neftchi» futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.4-bandiga asosan 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish va 100 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llandi.

Uchrashuvdan so‘ng stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar tomonidan futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqarilishi holatini muhokama qilish hamda «Istiqlol» stadioni ma’muriyatiga chora ko‘rish bo‘yicha Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdimnoma yuborildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:27, 09.12.2020.
O'qildi: 6574 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.