Yevropa Ligasi 6-turi doirasida «Lester» o‘z maydonida Gresiyaning «AEK»ini qabul qildi va ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (2:0).
Uchrashuvdagi «tulkilar»ning 2-goliga Xarvi Barns mualliflik qildi va ushbu gol jamoaning uy stadionidagi yubiley 700-goli hisoblanadi. Klub «King Power» stadionidan 2002 yildan beri foydalanib keladi va bu yerdagi birinchi gol «Uotford»ga qarshi bahsda kiritilgan edi. O‘shanda gol muallifi Brayan Din bo‘lgan edi.