Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Zabihillo O‘rinboyev: «O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish niyatidamiz»

Zabihillo O‘rinboyev: «O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish niyatidamiz»

Baho:
+ | -

Soca Cola O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin jamoamizning mahoratli hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev bo‘lajak bahs borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta, “Nasaf” ham jiddiy raqib va bejizga yakunlangan mavsumda kumush medalni qo‘lga kiritmadi. Shu bois, bo‘lajak o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rdik hamda uchrashuvga har tomonlama tayyormiz. Bo‘lajak o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz.

Albatta, barcha e’tiborimizni O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga qaratganmiz.

Xudo xohlasa, qarshiliklarni mag‘lubiyatga uchratib, ushbu maqsad sari yana bir qadam tashlaymiz va billur sovrinni qo‘lga kiritish niyatidamiz. Mazkur qarama-qarshilik faqatgina bir uchrashuvdan iborat bo‘lganligi bois, bo‘lajak o‘yinning keskin kurashlar ostida o‘tishi ehtimoli yuqori. Biz esa ushbu bahsda g‘alaba qozonish uchun maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilib, barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Faqat muxlislar bizni har doimgidek, munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashsa bo‘lgani", — dedi O‘rinboyev “Navbahor” matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:39, 12.12.2020.
O'qildi: 2652 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик