Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» qo‘shimcha bo‘limlarda Namanganda g‘alaba qozondi

O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» qo‘shimcha bo‘limlarda Namanganda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichidan o‘rin olgan "finaldan oldingi final" Namanganda bo‘lib o‘tdi. “Navbahor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin, tuman tushganiga qaramay, ancha qizg‘in kechdi.

Bahsning 15-daqiqasida Bobur Abduxoliqov maydon markazda Azim Ahmedovdan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumni boshladi. Marko Stanoyevich esa jamoadoshidan to‘pni qabul qilib, jarima maydoniga kirib bordi va aniq zarba hisobni ochdi.

Tanaffusga qadar to‘p nazorati mezbonlar tarafida bo‘lsa-da, qarshiliklarning qarshi hujumlari xavfli bo‘ldi. Shunday vaziyatlarning birida Kenjaboyev sherigi Abduxoliqovga o‘z vaqtida pas bermagani uchun o‘ta qulay imkoniyat havoga sovurildi.

Ikkinchi bo‘limda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari tartibli himoyalanishga harakat qilishdi. Ular asosiy vaqtning o‘zida g‘alabaga yaqin turishgan edi. O‘yinga qo‘shib berilgan 4 daqiqa tugashiga 5-10 soniya qolganida hakam "Nasaf" darvozasi tomon 18-20 metrlardan bahsli jarima zarbasi belgiladi. Bu esa Ro‘ziqul Berdiyevning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Murabbiyning asabiylashganicha bor ekan, Shohrux Mahmudhojiyev aniq zarba bilan to‘pni "to‘qqizlik"ka "mixlab" qo‘ydi.

Shu tariqa, o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tdi. Quyuq tuman ostida boshlangan qo‘shimcha vaqtning ikkinchisi boshlangan paytda qarshiliklar kombinasiya orqali jarima maydoniga kirib kelishdi va zaxiradan maydonga tushgan Husayn Norchayev "Navbahor" darvozasini ishg‘ol qildi.

Ushbu gol o‘yinda so‘nggisi bo‘lib qoldi. Natijada "Nasaf" O‘zbekiston kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.

O‘zbekiston kubogi, chorak final.
«Navbahor» - «Nasaf» - 1:2. Asosiy vaqt — 1:1
Gollar: Shohrux Mahmudhojiyev (90+5) — Marko Stanoyevich (15), Husayn Norchayev (107)
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe, 7.Azimjon Ahmedov (S), 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbke Turg‘unboyev, 18.Sardor Telyakov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Davronbek Hoshimov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 95.Zabihillo O‘rinboyev
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo‘rabek Mannonov, 20.Islom Kenjaboyev, 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umarbek Eshmurodov (S)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:37, 12.12.2020.
O'qildi: 3413 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.