Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘FA va MOQ rahbariyati «Olimpiya» futbol klubini tashkil etish masalasini muhokama qildi

O‘FA va MOQ rahbariyati «Olimpiya» futbol klubini tashkil etish masalasini muhokama qildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasini shakllantirish va ularning shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishdi.

Unda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ raisi o‘rinbosari Saken Polatov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining futbol bahslariga tayyorgarlik ko‘radigan Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar jamoasidan iborat klub tuzilib, jamoa uchun zamonaviy baza shakllantirish masalalari atroflicha muhokama olib borildi.

«Olimpiya» nomi ostida tuziladigan bo‘lajak jamoa yangi mavsumdan boshlab Pro-ligada ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, klub Toshkent viloyatidagi «Evrosiyo» (sobiq «Do‘stlik») sport majmuasida qo‘nim topadi. Uchrashuvda bazadagi sharoitlar yaqindan o‘rganilib, qilinishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi. Unda kompleks tarkibiga 50-60 o‘rinli kichik mehmonxona, qo‘shimcha maydonlar qurish, ob’ektning infratuzilmasini qayta rekonstruksiya qilish kabi xulosalarga kelindi.

Bu loyihalarning barchasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoamizning lisenziya olishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qayd etish kerak, Olimpiya terma jamoasini shakllantirish bo‘yicha bunday amaliyot o‘zbek futboli tarixida birinchi bora amalga oshirilmoqda. 4 yil avval OTJ shakllantirilib, yaxlit klub sifatida musobaqalarda ishtirok etishi futbolchilarni yanada jipslashtirib, ularda muntazam o‘yin amaliyoti bo‘lishi ta’minlaydi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:53, 12.12.2020.
O'qildi: 2780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик