Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov 13 dekabr kuni navbatdagi janglarni o‘tkazishadi

Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov 13 dekabr kuni navbatdagi janglarni o‘tkazishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik ikki sportchi Toshkent vaqti bilan 13 dekabr tongida ringga ko‘tarilishadi.

Yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan Elnur Abduraimov (5-0, 5 KO) o‘zining 6-jangini o‘tkazadi. Meksikada o‘tkaziladigan jangda Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-0, 3 KO) raqiblik qiladi.

Meksikalik Oliva hozirga qadar professional boksda 4 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 3 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Elnur esa hozirga qadar professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut orqali taslim qilgan.

Professional boksning og‘ir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) esa o‘zining 7-jangini o‘tkazadi. Meksikada tashkil etiladigan boks kechasida Bahodirga mezbon sportchi Uilfredo Lil (10-17-3, 8 KO) raqiblik qiladi.

Qayd etish joiz, Uilfredo Lil hozirga qadar professional boksda 30 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (8 ta jang raqiblarini nokautga uchratgan). 17 ta jangda mag‘lub bo‘lgan (13 ta jangda nokautga uchragan). 3 ta jangi esa durang bilan tugagan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov professional boksdagi so‘nggi jangini 2019 yil 10 aprelida Brendan Barrettga qarshi o‘tkazib, raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:14, 12.12.2020.
O'qildi: 6065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.