Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

La Liga. «Real» Madrid derbisida «Atletiko»ni mag‘lub etdi (videosharh)

La Liga. «Real» Madrid derbisida «Atletiko»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 13-turida «Real» 12 dekabr, shanba kuni «Atletiko»ni qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. Mezbonlarning kuchli bosimi 15-daqiqada o‘z samarasini berdi: Kazemiro burchakdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘limda Zinedin Zidan shogirdlarida yana bir nechta imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob tanaffusga qadar o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham Diyego Simeone jamoasi qarshi hujumlarga tayanishga majbur bo‘ldi. Sababi «Real» to‘p nazoratini qo‘lga olgan holda, raqibning pozision hujumlariga imkon bermadi.

63-daqiqada Dani Karvaxalning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan super zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuni va Yana Oblakka tegib darvozadan o‘rin oldi.

«Matraschilar» so‘nggi 15 daqiqalikda o‘ziga keldi va mezbonlar darvozasi oldidan xavfli vaziyatlar yaratishga erishdi. Biroq «qaymoqranglilar» vaziyatni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin «Real»ning ochkolarini 23 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Atletiko» (26) esa hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
«Real Madrid» — «Atletiko M» 2:0
Gollar: 1:0 – 15 Kazemiro, 2:0 – 63, avtogol Oblak.
«Real Madrid»: Kurtua, Varan, Karvaxal (Asensio, 79), Ramos, Mendi, Kazemiro, Kroos, Vaskes, Modrich (Valverde, 88), Vinisius Junior (Rodrigo, 79), Benzema.
«Atletiko M»: Oblak, Felipe (Lemar, 46), Savich, Trippyer, Ermoso, Lyorente, Karrasko (Korrea, 46), Errera (Lodi, 46), Koke, Joau Feliks (Saul, 60), Suares (Kondogbia, 73).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (36), Lemar (46), Korrea (50), Savich (61).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:38, 13.12.2020.
O'qildi: 8217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик