Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Zlatan: «Barchasi zamonlar osha sayohatga o‘xshaydi» - hafta iqtiboslari

Zlatan: «Barchasi zamonlar osha sayohatga o‘xshaydi» - hafta iqtiboslari

Baho:
+ | -

Yakuniga yetgan hafta davomida yangragan diqqatga sazovor iqtiboslarni e’tiboringizga havola etamiz

Alberto Jilyardino (2006 yilgi JCH g‘olibi – Paolo Rossi haqida)

«Men 1982 yili 5 iyulda tug‘ilganman. Lekin mening otam sen haqingda o‘sha kundan boshlab hikoya qilishni boshlagan. Yillar o‘tib voyaga yetganim sari men sen haqingda juda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘la boshladim, rasmlaring bilan birga yashadim. Sening yulduzlik davringda katta bo‘lganimdan faxrlanaman».

Kun Aguero (sobiq murabbiyi – Alexandro Sabelya haqida)

“Men u haqida tinmay gapirishim mumkin, lekin hozir bunday kunda uni yodga olish juda achinarli. Alexandro buyuk shaxs, haqiqiy professional maestro bo‘lgan va o‘z navbatida mening ham proffesionallik darajasiga chiqishimga katta ko‘mak berdi. U murabbiydan ham kattaroq shaxs. Karyeram davomida undan juda ko‘p narsa o‘rganganman. Buni biz butun jamoa bo‘lib 2014 yilgi mundialda haqli isbotladik. Oilasiga juda chuqur hamdardligimni bildiraman".

Xuan Mata

“Menda Messiga nisbatan juda iliq tuyg‘ular bor. U faoliyatini boshlagandan buyon qancha-qancha yulduzlar karyerasini allaqachon tugatib bolishdi, leki u haliyam o‘zini yoshdek his qilyapti. Messi agar mabodo «MYU»ga keladigan bo‘lsa, bu hayotimdagi juda katta voqelik bo‘lar edi. Orzuyim u bilan birga o‘ynash”.

Romelu Lukaku


“Men o‘zimni dunyodagi eng kuchli 5 talik hujumchilar orasida bor deb hisoblayman. Maydondagi taktik jihatdan yoki bo‘lmasa texnik nuqtayi nazardan hech kimdan kam harakat qilmayman. Agar Ronaldu, Messi va Levandovski sal bo‘lsada o‘z darajalaridan pastroq o‘yin namoyish etishganda men shubhasiz ulrga raqobatchi bo‘lgan bo‘lar edim. Balki «Oltin to‘p» uchun ham kurashishim mumkin edi”.

Dimitar Berbatov

“Men juda ham omadli insonman, chunki menga Ronaldu bilan o‘ynash nasib etgan, titulga boy yillarni u bilan o‘tkazgandim. U bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etish xuddi urushga tayyorlanish bilan barobar. Garchi juda qisqa muddat birgalikda faoliyat olib brogan bo‘lsakda men uni g‘alabadan boshqa hech narsani o‘ylamasligiga guvoh bo‘ldim. Biz Rojdestvo arafalarida juda ko‘plab bazm uyushtirganmiz. U esa deyarli garchi bunday dabdabalarni yoqtirmasada, bizni xafa qilmaslik uchun deyarli barchasida kanda qilmay ishtirok etardi. Lekin shu paytgacha uning biror marta ham ichganini ko‘rmaganman. Ronaldu o‘z tanasiga juda e’tiborli inson. Biz mashg‘ulotlar bazasiga borishni o‘ylab turganda u allaqachon o‘sha yerda bo‘lar edi. Klub mashg‘ulotlari tugagach ham o‘zininng planini yakuniga yetkazib olish uchun yana zalda qolardi. Tanqidchilarga tushumayman, dunyoning eng zo‘ri boshqa yana kim bo‘lishi mumkin?!"

Jovani Reyna

«Men shunchaki Amerikaning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lishni istamayman. Bizning qit’ada bu juda oson ish. Men dunyoning top-10 futbolchisi orasida o‘zimni ko‘rishni istayman va hozir o‘zimda buning uchun barcha resurs bor deb o‘ylayapman. Albatta jahonga chiqish Amerikadan boshlanadi, o‘z kumirlarim oldiga shoshilaman»

Zlatan Ibrahimovich

«Men o‘zimni sehrli vaqt mashinasida ketayotgandek his qilyapman, go‘yo barchasi zamonlar osha sayohatga o‘xshaydi. Bir vaqtlar Paolo Maldini bilan o‘yngan edim, hozir esa uning o‘g‘li Daniyel bilan mashg‘ulotlarda birgamiz. Ajabmaski, balki Daniyelning o‘g‘li bilan ham o‘ynasam. Hozirgi gaplarimni faqatgina 3 ta davr futbolchisi bo‘lganlar tushunishi mumkin xolos».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:19, 13.12.2020.
O'qildi: 2699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.