Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

APL. «Lester» 3-o‘ringa ko‘tarildi, «Arsenal» esa cho‘kishda davom etmoqda

APL. «Lester» 3-o‘ringa ko‘tarildi, «Arsenal» esa cho‘kishda davom etmoqda

Baho:
+ | -1

Angliya chempionatining 12-turi doirasida navbatdagi ikkita o‘yin yakuniga yetdi.

«Lester» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo‘limning o‘zida Meddisonning "dubli" va Vardining bitta goli evaziga raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishdi. Mazkur gollar "tulkilar"ning g‘alabasi uchun yetarli bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Lester" o‘z ochkolarini 24taga yetkazib, 3-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

"Arsenal" esa APLda ketma-ket beshinchi o‘yinda ochko yo‘qotmoqda. Jamoa o‘z uyida "Byornli"ga imkoniyatni boy berdi. Bahsning 58-daqiqasida Granit Jaka maydondan chetlatildi. 73-daqiqada esa burchakdan yetkazilgan uzatmani Obameyang bosh bilan o‘z darvozasiga burib yubordi.

"Kanonirlar" qolgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qola olishmadi.

Shu tariqa, "Byornli" o‘z ochkolarini 9taga yetkazgan bo‘lsa, "Arsenal" 13 ochko bilan 15-o‘rinlarda yuribdi.

Angliya chempionati, 12-tur
Lester – Brayton 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 27 Meddison, 2:0 – 41 Vardi, 3:0 – 44 Meddison.
Lester – Shmeyxel, Fuks, Evans, Fofana, Djastin, Olbrayton, Ndidi (Mendi, 80), Meddison (Prat, 75), Tilemans, Peres (Barns, 62), Vardi.
Brayton – Rayan, Uayt, Dank, Bern, Veltman, Gross, Bissuma (Mak Allister, 72), March, Jahonbaxsh (Alsate, 55), Uelbek (Konnolli, 62), Mope.
Ogohlantirishlar: Fuks (22), Bern (72), Evans (78).
 
Arsenal – Byornli 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73, avtogol Obameyang.
Arsenal – Leno, Belyerin (Meytlend-Naylz, 74), Tirni, Xolding, Gabriel, Jaka, Saka, El-Nenni, Villian (Nketia, 82), Obameyang, Lyakazett (Sebalyos, 60).
Byornli – Poup, Mi, Louton, Tarkovski, Teylor, Vestvud, Breydi, Braunxill, Maknil, Rodriges (Barns, 59), Vud (Vidra, 70).
Ogohlantirishlar: Breydi (33), Belyerin (71), El-Nenni (73).
Chetlatish: Jaka (58).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:23, 14.12.2020.
O'qildi: 2738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик