Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

«Qo‘qon-1912» - «Paxtakor»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

«Qo‘qon-1912» - «Paxtakor»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim final doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Paxtakor”  uchrashuvi 16 dekabr kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 30 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 5 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 18 ta bahsda “sherlar”ning qo‘li baland kelgan. Yettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 79-41, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 61 tani tashkil etadi.

Ushbu jamoalarning so‘nggi oltita uchrashuvi

20.10.2020 Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 2:1
18.08.2020 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:3
26.07.2019 Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 3:1
29.06.2019 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:2
12.08.2018 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:1
06.05.2018. Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 1:1

Kubokdagi to‘rtinchi uchrashuv
Ushbu jamoalar kubok bahslarida uch marta to‘qnash kelishgan. Bitta o‘yinda durang natija qayd etilgan. Ikkita bahsda “Paxtakor”ning qo‘li baland kelgan.

O‘yinni Ahrol Risqullayev boshqarib boradi
Ahrol Risqullayev bu mavsumda jamoamiz ishtirokidagi ikki uchrashuvni boshqarib borgan. Jamoamiz bu xakam boshqargan uchrashuvlarning birida g‘alaba qozongan bo‘lsa, birida mag‘lubiyatga uchragan. Risqullayev "Qo‘qon-1912" jamoasining birinchi davradagi "Andijon"ga qarshi hamda ikkinchi davradagi "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinlarida bosh xakam sifatida maydonga tushgan.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi, yarim final
"QO‘QON-1912" – "PAXTAKOR"
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Bekzod Aripov.

Boshlanish vaqtlari
“Qo‘qon-1912” “Paxtakor” uchrashuvi, 16 dekabr chorshanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 13:00 da boshlanadi. Ushbu bahsda vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 09:22, 15.12.2020.
O'qildi: 2011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.