Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland Turinning "Yuventus" klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Ko‘pchilik bu haqda gapirmoqda, lekin men "Yuventus"ga o‘tishga yaqin kelganman deb hech qachon aytmaganman. Men "Borussiya" atigi bir yil o‘ynadim va bu yerda baxtliman, - dedi Xoland Football Italia bilan suhbatda.