Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Xayrullo Bozorov “Qo‘qon-1912” a’zolari bilan uchrashdi

Xayrullo Bozorov “Qo‘qon-1912” a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Ertaga Qo‘qon shahrida katta futbol bayrami. “Qo‘qon-1912” jamoasi O‘zbekiston kubogining yarim final o‘yinida, Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.

Ushbu o‘yindan oldin Farg‘ona viloyati xokimi Xayrulla Xayitboyevich Bozorov hamda Qo‘qon shahar xokimi Marufjon A’zamovich Usmonovlar “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda viloyat xokimi so‘z olib, jumladan shunday dedilar.

-Qo‘qon shahri o‘zbek futbolining vatani hisoblanadi. Bu mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari , ya’ni sizlar juda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, yaxshi natijalarni qayd etib barchamizni xursand qildingiz. Buning uchun klub rahbarlariga , murabbiylar shtabiga hamda barcha futbolchilarga o‘zimni cheksiz minnatdorchiligimni izhor qilaman. Futbol shunday o‘yinki, bu o‘yindagi natija butun xalqning kayfiyatini belgilab beradi. Sizlar g‘alaba qozonsangiz Qo‘qonda va butun viloyatimizda bayram bo‘ladi.

Ertaga “Qo‘qon-1912” jamoasi uchun juda muhim kun. Ertangi “Paxtakor” bilan bo‘ladigan yarim final o‘yinini “yil o‘yini” deb atasak xato bo‘lmaydi. Ertaga sizlar Qo‘qon futboli tarixiga o‘z nomingizni zarhal xarflar bilan yozib qo‘yadigan kun. Men sizlarga ishonaman, sizlar O‘zbekiston kubogining finaliga chiqishni uddalaysiz. Biz sizlar bilan Namanganga borishni istaymiz. Namangandagi stadionga butun Qo‘qon halqi boradi. Biz Namanganda bayram qilishni istaymiz. Takror aytaman bu ish sizlarni qo‘lingizdan keladi.

Hurmatli futbolchilar ertaga maydonda bor kuch va mahoratingizni sarflab, bor vujudingiz bilan g‘alaba uchun harakat qiling. Biz sizlarni mehnatingizni qadrlaymiz. Sizlarga final yo‘lida omad, kuch-quvvat hamda sog‘lik tilayman – dedi Xayrullo Bozorov.

Manba: "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati

Kiritildi: 23:21, 15.12.2020.
O'qildi: 4265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.