Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: "Agar AGMK finalda bugungidek o‘ynaydigan bo‘lsa, u holda mag‘lubiyatga uchraydi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Agar AGMK finalda bugungidek o‘ynaydigan bo‘lsa, u holda mag‘lubiyatga uchraydi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi yarim final doirasida bo‘lib o‘tgan AGMK hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach, tashkil qilingan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

- O‘ylaymanki, mavsum biz uchun omadli keldi. Chunki, asosiy vazifamiz - yuqori o‘rinlardan birini egallashimiz kerak edi. Yigitlar buni uddaladi. Shuning uchun bemalol aytishim mumkin, "Nasaf"ni muxlislari bu jamoa faxrlansa bo‘ladi.

- Bugun o‘yinda haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, o‘yinni yomon boshladik. O‘yindan oldin yigitlarga 20-25 daqiqa AGMK bor e’tiborini hujumga qaratishini aytgandim. Shu vaqt mobaynida vazifamiz himoyada yaxshi o‘ynash va gol o‘tkazmaslik edi. Biroq, bu rejamiz amalga oshmadi. O‘yinning qolgan 60-70 daqiqasi to‘liq bizning ustunligimizda o‘tdi. Biroq, barchaga ma’lumki, futbolda gol urish kerak, gol urmasang g‘alaba qozona olmaysan. Fikrimcha, o‘yindan ustunlik qildik, lekin buni hisobda aks ettira olmadik. AGMK jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi o‘yinlarida omad tilayman.

- Finalda ketma-ket uchinchi marta "Paxtakor" - AGMK kuch sinashadi. Bu bahsda imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- Agar AGMK bugungi o‘yinini ko‘rsatadigan bo‘lsa, u holda finalda ularda hech qanaqa imkoniyat qolmaydi. Bu mening fikrim.

- "Nasaf" jamoasida moliyaviy muammolar borligi ko‘p marta aytildi. Mana mavsum tugadi, futbolchilarning oldidagi qarzdorliklar bartaraf etildimi?

- O‘yindan tashqari chiqib ketdik, lekin savolingizga javob beraman: yo‘q, qarzdorlik bartaraf qilinmadi. Men ba’zi joylarda o‘qib qolyapman, klub futbolchilarning oldidagi qarzdorliklarini to‘lab bo‘ldi degan xabarlarni o‘qib qolyapman. Lekin, qarzdorlik hali bor, bu tarqatilayotgan ma’lumotlar noto‘g‘ri.

- "Nasaf" O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga yetib keldi va chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Rahbariyat tomonidan qandaydir rag‘batlantirish bo‘ladimi?

- "Navbahor" bilan o‘yin arafasida bu haqda yozishdi. Lekin, biz bu o‘yin arafasida ham, o‘yindan keyin ham rahbariyat bilan uchrashganimiz yo‘q. Bu haqda gap ham bo‘lgani yo‘q.

- Rahbariyat tomonidan syupriz bor deyilgan ma’lumotlar tarqagandi. Sizning bundan xabaringiz bormi?

- Bilmadim, agar syurpriz qilishmoqchi bo‘lishganida bu futbolchilarga yetib kelgan bo‘lardi, qo‘shimcha motivasiya ham bo‘lardi. Biroq, bu haqda bizga hech kim gapirmadi.

- Kelasi yilning rejalari qanday? Eshitimizga qaraganda, 1-2 nafar futbolchilaringizga konkret takliflar bor ekan?

- Bu haqda men ham eshityapman. Shartnomani tugagan futbolchilar bor. Lekin buni vaqt ko‘rsatadi. Reja haqida gapiradigan bo‘lsam, biz hali rahbariyat bilan uchrashib, keyingi rejalar haqida suhbatlashmadik.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:46, 16.12.2020.
O'qildi: 4225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.