Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

OFK kelasi yilgi musobaqalar uchun lisenziya olgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi

OFK kelasi yilgi musobaqalar uchun lisenziya olgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiy saytida kelasi yilgi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun lisenziya olgan klublar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, OFK Chempionlar ligasi-2021da ishtirok etish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston klublari 7 tani tashkil etadi: “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor Lochinlari”, “Metallurg”, AGMK, “So‘g‘diyona”.

Shuningdek, OFK kubogi-2021 musobaqasida ishtirok etish uchungina lisenziya ola bilgan O‘zbekiston klubi – “Nasaf”.

Nufuz jihatidan yuqorida turuvchi OCHL uchun lisenziya olgan klub agar musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa, OFK kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Qayd etish joiz, OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashish uchun klub sport mezonlari bo‘yicha sovrindor bo‘lishi va shu bilan bir qatorda lisenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim sanaladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:06, 16.12.2020.
O'qildi: 7160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик