Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

“Navbahor”ning o‘yinlariga qancha muxlis tashrif buyurdi?

“Navbahor”ning o‘yinlariga qancha muxlis tashrif buyurdi?

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning Superliga-2020dagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Xabaringiz bor, pandemiya sababli Coca Cola Superliganing ko‘plab o‘yinlari, aniqrog‘i, 4-18-turlardan o‘rin olgan bahslar tomoshabinlarsiz o‘tkazildi.

Shunday bo‘lsa-da, “Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi o‘yinlariga tashrif buyurgan muxlislar soniga e’tibor qaratishni lozim topdik.

Yakunlangan mavsumda “Navbahor” o‘yinlariga jami 60981 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

E’tiborlisi, “Navbahor”ning Namangandagi bahslariga 29104 nafar, safardagi o‘yinlariga esa 31877 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.

Biroq, shuni ham ta’kidlash joizki, Coca Cola Superliganing dastlabki 3 ta turida hali yurtimizda pandemiya boshlanmagan va o‘sha uchrashuvlarda tomoshabinlar soni ham cheklanmagandi (19-turdan boshlab stadionlarga cheklangan miqdordagi muxlislarning tashrif buyurishlariga ruxsat etildi).

Aytish joizki, dastlabki 3 ta turning ikkitasini “lochinlar” safarda, ya’ni “Paxtakor”ga qarshi Toshkent hamda “Andijon” bilan Andijonda o‘tkazishgan, mazkur shaharlarga ham Namangandan ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurishgandi.

Ta’kidlash lozimki, “Navbahor”ning ilk 3 ta turdagi o‘yinlariga jami 55800 (!) nafar ishqiboz tashrif buyurdi.

Shuningdek, Superliganing yakunlangan mavsumida bir uchrashuvda eng ko‘p muxlis to‘plash bo‘yicha rekord ham "lochinlar"ga tegishli.

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan va 6 mart kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Lokomotiv” bahsiga 25328 (!) nafar tomoshabin tashrif buyurgandi.

Bir so‘z bilan aytganda, so‘nggi yillarda muxlis to‘plash borasida yetakchilikni bermay kelayotgan jamoa ishqibozlari yakunlangan mavsumda ham (pandemiyadan oldin va cheklangan miqdordagi muxlislarga stadionlarga kirish ruxsat berilganidan so‘ng) “Navbahor”ni bevosita stadionlarda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi hamda “lochinlar”ning g‘alabalariga madadkor bo‘lishdi.

Buning uchun “Navbahor” PFK jamoamiz muxlislariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda, ularga sog‘liq – salomatlik tilaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:53, 16.12.2020.
O'qildi: 1945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик