Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston Kubogi finali oldidan qiziqarli faktlar

O‘zbekiston Kubogi finali oldidan qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -

"Paxtakor" o‘z tarixida 16-marta O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynaydigan bo‘ldi.

"Sherlar" kubok finallarida eng ko‘p ishtirok etgan jamoa sanaladi. Namangandagi final jamoa uchun 16-bor hal qiluvchi bahsga aylanadi. "Bunyodkor" 9, "Neftchi" 7 va "Nasaf" 6 bor finallarda maydonga tushgan. Finalda ketma-ket uchta to‘qnashuv dastlabki bor "Paxtakor" va "Bunyodkor" o‘rtasida 2007, 2008 va 2009 yilgi finallarda kuzatilgan. Endi "Paxtakor" va AGMK ham ketma-ket uchinchi to‘qnashuvda ishtirok etadi. Finallarda eng ko‘p kuzatilgan qarama-qarshilik "Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasida ro‘y bergan. Bu jamoalar jami 5 marta O‘zbekiston Kubogi finallarida bahs olib borishgan. "Paxtakor" - "Bunyodkor" va "Bunyodkor" - "Nasaf" esa uchtadan finallarda ro‘para kelgan.

Ketma-ket finallarda ishtirok etish bo‘yicha rekord "Paxtakor"ga tegishli. Jamoa 2001 yildan 2009 yilgacha 9 finalda qatorasiga maydonga tushgan! Ikkinchi natija "Bunyodkor"ga tegishli bo‘lib, bu klub 2007-10 yillarda qatorasiga 4 finalda o‘ynagan.

Murabbiylar orasida ketma-ket uch finalda jamoasi bilan ishtirok etgan mutaxassislar orasiga Shota Arveladze ham qo‘shildi. Bungacha Aleksandr Ivankov, Yuriy Sarkisyan va Ravshan Haydarov shunday ko‘rsatkich qayd etishgan. Eng ko‘p finallarda jamoasi bilan qatnashgan murabbiy Yuriy Sarkisyan bo‘lib, u "Neftchi" bilan 7 marta final ishtirokchisiga aylangan. Mirjalol Qosimov uchun 2020 yilgi final 7-hal qiluvchi bahs bo‘ladi. Viktor Jalilov 5, Ro‘ziqul Berdiyev 4 bor finallarda qatnashgan. Shota Arveladze 20 dekabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida eng ko‘p ishtirok etgan xorijlik murabbiyga aylanadi va uni ikki marta yutish borasida Tachmurod Agamurodovga tenglashib olishi mumkin. Hozirgacha xorijlik mutaxassislardan Leonid Ostroushko, Sergey Butenko, Tachmurod Agamurodov, Ziko va Arveladze zafar quchgan.

AGMK va "Paxtakor" ketma-ket uchinchi bor to‘qnash keladigan O‘zbekiston Kubogi-2020 finali 20 dekabr kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 15:00da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:01, 17.12.2020.
O'qildi: 2676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.