Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Arsenal» qanday holatda Iskoni sotib oladi?

«Arsenal» qanday holatda Iskoni sotib oladi?

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Siti» uni sotadi!

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi Aleksander Zinchenkoni transferga qo‘yishi mumkin.

Bu haqida "90 min" nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, «shaharliklar» ukrainalik futbolchi borasidagi takliflarni yanvar oyida ko‘rib chiqishga tayyor, ammo zudlik bilan futbolchini sotib yuborish niyatida emas.

24 yoshli futbolchining o‘zi esa, ko‘proq o‘yin amaliyotga ega bo‘lishni istamoqda. Shu bois, futbolchini qishda «Lester» va «Vulverhempton» klublari o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Mourinyo ishga kirishdi

Londonning «Tottenhem» jamoasi bosh murabbiyi - Joze Mourinyo Luka Modrichning transferi borasida o‘zi ish olib bormoqda.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik murabbiy shaxsan o‘zi Luka Modrichga qo‘ng‘iroq qilgan va uni o‘z jamoasiga o‘tishga undagan.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi «Real»da qolishni afzal ko‘rishi haqida aytgan, biroq futbolchiga Madrid klubi yangi shartnoma taklif etganicha yo‘q. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fernandinyo ketadi

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi universal futbolchisi - Fernandino faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi aniq bo‘ldi.

Bu haqida, «The Sun» nashri ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, futbolchi mavsum so‘nggiga qadar Angliyada bo‘ladi.

Futbolchi ayni damda, Braziliya klublaridan bir nechtasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning keyingi klubi vatanidan bo‘lishi 100 foiz aniq.

«Arsenal» qanday holatda Iskoni sotib oladi?

Londonning «Arsenal» jamoasi o‘zining transfer rejalarini oydinlashtirib oldi.

AS nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, jamoaning asosiy nishoni «Lion» yarim himoyachisi Ussem Auar bo‘ladi. Agar «Lion» bilan klub transfer summasi borasida kelisha olmasa, unda bor e’tiborini «Real Madrid» yarim himoyachisi Iskoga qaratadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Auarning transferidan ko‘ra, Iskoning Londonga ko‘chib o‘tishi tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda.

Depaydan o‘zgacha yurish

Fransiyaning «Lion» klubi yulduzi Memfis Depay mavsum so‘nggida «Barselona»ni xafa qilishi mumkin.

Gollandiyalik futbolchining agentlari ayni damda Parij super klubi - PSJ bilan muzokaralar olib bormoqda. Transfermarkt nashri bergan xabarlarga qaraganda, gollandiyalik futbolchi uchun Parij klubi kattagina maosh ko‘rsatilgan shaxsiy shartnoma taklif etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniyaning «Barselona» jamoasi ustozi Ronald Kuman aynan Depayni asosiy transfer rejasi ekanligini ma’lum qilgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:49, 19.12.2020.
O'qildi: 8616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик