Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mirjalol Qosimov: "Finalgacha yetib kelishni o‘zi osonmas"

Mirjalol Qosimov: "Finalgacha yetib kelishni o‘zi osonmas"

Baho:
+ | -

Ertaga Namagan shahridagi "Navbahor" stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa darvozaboni Valijon Rahimovlar ishtirok etdi.

- Avvalbor Assalomu aleykum. Ko‘rishib turganimizdan mamnunman. Chempionat doirasida ushbu stadionda "Navbahor" bilan o‘yindan keyin Kubok finaliga chiqamiz deb niyat qilib ketgandik. Bu stadionda muhit doim yaxshi bo‘lgan. Chunki, muxlislar "Navbahor"ning 12-futbolchisi sanaladi. Afsuski, o‘yin "Navbahor"ga qarshi bo‘lmaydi.

Ertaga bizni jiddiy o‘yin kutib turibdi. Bizga oson bo‘lmasligi aniq. "Paxtakor"ni ortiqcha tariflab o‘tirish shart emas. Chunki, ularning kuchini barcha birde biladi. Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. O‘ylaymanki, ertaga qiziqarli o‘yin bo‘ladi.

Valijon Rahimov: Namangan halqi futbolni yaxshi ko‘radi. Ertaga stadionga tashrif buyurgan muxlislar o‘z uylariga xursand holda qaytadi. Finalga shunchaki chiqib qolmadik.

Mirjalol Qosimov: Finalgacha shunchaki yetib kelmadik. "Lokomotiv" "Nasaf" "Metallurg" kabi jamoalarni mag‘lub etdik. Oson raqiblarimiz bo‘lmadi. Final bitta o‘yindan iborat, ijobiy natija qayd etishga harakat qilamid.

- Bu yil og‘ir yil bo‘ldi. Nafaqat futbolda, balki butun dunyoda pandemiya sabab qiyin bo‘ldi. Jarohatlar futbol bilan yonma-yon yuradi. Sanjar Tursunov ertaga yordam bera olmaydi. Murod Toshmatov ham so‘roq ostida. Lekin tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramay, chiroyli o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz.

- Umuman olganda muxlislar uchun o‘ynaymiz. Biz muxlislarga futboldan zavq olishlari va madaniy hordiq chiqarishi uchun harakat qilamiz. Ertaga muxlislar bilan to‘lgan stadionda o‘ynashimizga umid qilamiz.

- Agar Halqaro o‘yinlarda ishtirok etadigan bo‘lsak, tarkibni albatta kuchaytiramiz. Lekin men o‘yindan o‘yinga sakrashni xohlamayman, chunki avvalo ertangi o‘yinni o‘tkazib olaylik, qolganini keyin hal qilib boraveramiz. Halqaro maydonda nafaqat Olmaliq shahri sharafini, balki butun O‘zbekiston sharafini himoya qilamiz. Shu sababli, tarkibni kuchaytirishimiz kerak.

- "Navbahor" jamoasidan qaysi futbolchini o‘z safimizga qo‘shib olardik? Bu borada o‘ylab ko‘rganmiz, lekin konkret yakuniy qarorga kelmadik.

- Finalni o‘zimizning hakamlar boshqarishi yaxshi. Chunki, finalga futbolni tepadagilar yaxshi hakamlarni tayinlashadi. Chet ellik hakamni olib kelishga qarshiman, chunki ularning bizni hakamlardan kuchli joyi yo‘q.

- Klubimizda qo‘riqlash xizmatidan boshlab eng katta rahbargacha muxlislar uchun o‘ynaymiz. AGMK bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Buni qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi, buni tagida katta mehnat turibdi. Ushbu tarixiy voqea bilan klubimizning barcha a’zolarini, muxlislarni tabriklab qolaman.

- Fursatdan foydalanib O‘zbekiston halqini Yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Barchaga yaxshi niyatlarni tilab qolaman. Barcha terma jamoalarimizga, sportchilarimizga va "Paxtakor" jamoasining Halqaro o‘yinlaridagi bahslariga omad va g‘alabalar tilab qolaman.

Kiritildi: 13:41, 19.12.2020.
O'qildi: 2491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.