Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Shota Arveladze: "Jangovor tarkibimiz bilan o‘ynaymiz"

Shota Arveladze: "Jangovor tarkibimiz bilan o‘ynaymiz"

Baho:
+ | -

Ertaga Namagan shahridagi "Navbahor" stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze va jamoa himoyachisi Yegor Krimeslar ishtirok etdi.

Arveladze: - Barchaga xayrli kun. Hammaga sog‘liq tilayman. Qo‘qondagi o‘yindan keyin eng kuchli jamoalar yarim finalga yetib kelganini aytgandim. Finalda ham shunday. Raqibimiz yaxshi jamoa. Avvalgi ikki finalda ham shu klub bilan to‘qnash kelgandik. Mavsumni barqaror o‘tkazdik deb o‘ylayman. Final qiyin va qiziqarli kechadi. Raqib finalda o‘ynashni yaxshi biladigan jamoa.

Krimes: - Yana bir hal qiluvchi bahsga yetib kelganimizdan xursandman. Mavsumni sovrin bilan yuqori kayfiyatda yakunlash imkoniyatiga egamiz. Muxlislarga chiroyli va hujumkor o‘yin namoyish etib berishga intilamiz. Vodiyda futbolni juda yoqtirishadi. Biz ularga xush keladigan o‘yin ko‘rsatishga urinamiz.

Arveladze: - Biz jangovar tarkibda o‘ynaymiz. Farruh Sayfiyev diskvalifikasiya sababli o‘ynay olmaydi.

- Futbolda imkon boricha yaxshi sharoitlarni yaxshi darajaga keltirib, barchasi doimiy o‘sib borishiga urinish lozim. Aytaylik, maydon, yoritish tizimi yoki boshqa jihatlar bo‘yicha muammolar bo‘lmasligi kerak.

- Sovrinlarga ega chiqish doimo yoqimli. Biz bunga barqaror erishayotganimiz yanada xursandchilik beradi. Hech bir jamoa biror sovrindan keyin to‘xtab qolishni xohlamaydi. Biz yangi-yangi g‘alabalar uchun intilamiz.

 Jamoamiz safiga kelgan har bir o‘yinchi yaxshi o‘ynab keta olmasligi mumkin. Butun dunyoda shunday. Yaxshi futbolchilar kuchliroq klublarga o‘tishadi. Tarkibimizda o‘zimizdan chiqqan tarbiyalanuvchilar ko‘p. Krimes, Masharipov, Sergeev, Anzur Ismoilov, Alijonov, Kozak, Sobirjonov, Erkinov, Sidiqov. Qolaversa, legionerlarni ortiqcha jalb etmay mahalliy futbolchilarni xarid qilyapmiz. Bu esa pullar o‘zbek futbolida qoladi degani.

Krimes: - Shu yerda kichik to‘ldirish berishni xohlardim. "Paxtakor"da hamma ham yaxshi o‘ynab keta olmaydi. Bosimga chidash oson emas. Shunga dosh berganlar juda yaxshi o‘ynab ketishgan.

Kiritildi: 14:34, 19.12.2020.
O'qildi: 3724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.