Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Sane «Bavariya»da ishonchini oqlay olmayaptimi?

Sane «Bavariya»da ishonchini oqlay olmayaptimi?

Baho:
+ | -

"Bavariya" boshqaruv kengashi raisi Karl-Xayns Rummenigge Bundesliganing 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Bayer"ga qarshi o‘yinda erta zaxiraga olingan Leroy Sane haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Leroy almashtirilganidan norozi bo‘ldi. Bu tushunarli. Xudo uni beqiyos iqtidor bilan siylagan, lekin u hali "Bavariya" genini olishga ulgurmadi.

U "Bavariya"ga o‘tishi uchun biz barcha ishni qildik. Biz uni ruhlantiryapmiz, unga yordam beryapmiz, lekin, shu bilan birgalikda, talab ham qilyapmiz. U keyingi pog‘onaga ko‘tarilishi kerak.

"Bavariya"da uning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. Biz unga yordam berishga tayyormiz. Lekin u ham o‘ziga talab qo‘yishi kerak", – dedi Rummenigge.

Eslatib o‘tamiz, Sane "Bayer"ga qarshi o‘yinda juda yomon harakat qilgani uchun bahsning 32-daqiqasida zaxiraga olindi. Yakunda myunxenliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Leroy Bundesliga doirasida 11ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta assistni amalga oshirdi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 11:23, 21.12.2020.
O'qildi: 3251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик