Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Diyor Imomxo‘jayev: Superligada nechta jamoa ishtirok etadi?

Diyor Imomxo‘jayev: Superligada nechta jamoa ishtirok etadi?

Baho:
+ | -

Futbol muxlislari o‘rtasida shu savol ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan insonlar oramizda bor ekan, rivojlanish bo‘lmaydi. Quyidagi fikrlarni yaxshilab o‘qib chiqishingizni va shu savol qiynayotgan insonlarga tarqatishingizni so‘rayman.  

28 noyabr kuni O‘FA Ijroqo‘mi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zPFL vakilining Superligada 14 ta, Proligada 10 ta klub ishtirok etishi borsidagi taklifi tasdiqlandi. "Orol" klubining istisno tariqasida Proligada ishtirok etishiga hamma bir ovozdan rozi bo‘ldi. Yig‘ilishda O‘FA prezidenti va Ijroqo‘m a’zolari ishtirok etdi. Keyinchalik O‘FA prezidentining topshirig‘i bilan Murat Kamalov hamda Dilmurod Nabiyev bilan shaxsan suhbatlashdik. Bu insonlarning barchasi Prezident tashabbusi to‘la qo‘llab-quvvatlanishi va albatta FIFA talablari hurmat qilinishini ma’lum qilishdi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan materialda Superliga so‘zi allaqachon Proliga qilib o‘zgartirilgan. Biz hech bo‘lmasa Superliga va Proliga o‘rtasidagi sport prinsiplarini hurmat qilishimiz kerak.



Bugungi voqealar fonida "Neftchi" muxlislarida ko‘plab savollar paydo bo‘lgani rost. Biz "Neftchi" klubini hurmat qilamiz, uning shonli tarixi haqida yaxshi tasavvurga egamiz. Va umid qilamizki, uning bugungi muxlislari ham Superligaga mard bo‘lib, sport prinsipi bilan chiqishni afzal bilishadi. O‘z uyida ketma-ket uch o‘yinni boy bergan klubning Superligada paydo bo‘lib qolishi O‘zPFL olib borgan shuncha mehnatni bir pul qilibgina qolmay, hammaning kulgusiga ham sabab bo‘ladi.

Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidur. 2017 yil "Neftchi" Oliy ligada 15-o‘rinni egalladi, ammo Superligada olib qolindi (qaytaga "Mash’al" Superligadan tushirib yuborildi). Bugunimiz aniq ko‘rsatib turibdiki, bundan "Neftchi" hech qanday xulosa chiqarmagan, o‘z mehnatlari bilan elitaga qaytgan "Mash’al" esa bugun undan yaxshiroq holatda. Biz mana shu saboqni unutmasligimiz kerak.

Ha, aytgancha, Superliga ishtirokchilari sonining 16 taga yetkazilishi borasidagi intriga menga ikki yil avvalgi holatni eslatyapti. O‘shanda ikki klub sun’iy ravishda Superligaga qo‘shildi. Ammo bu na "Dinamo"ga foyda keltirdi va na "Surxon"ga. Biz bu kabi ishlarga to‘la qarshimiz. Masalaning qiziq tarafi shundaki, o‘shanda ham mish-mishlar "Surxon" ortida turgan murabbiy sabab bolalagandi. Bugun o‘sha mutaxassis Farg‘onada paydo bo‘lib, ishni yana intrigadan boshlamoqchi ko‘rinadi. Biz Xayrulla Bozorov bilan suhbatda "Neftchi"ni rivojlantirish masalasini muhokama qildik. Men bu insonga ishonaman va umid qilamanki, hammasi tabiiy jarayon bilan ro‘y beradi. "Neftchi"ning uzoq tanaffusdan keyin "Istiqlol"ga qaytganiyoq shuning debochasi edi. Diskvalifikasiyadan qaytayotganlar esa aql-xushlarini yig‘ib, halol mehnat bilan "Neftchi"ni Superligaga olib chiqishadi deb umid bildiraman. Buyog‘iga ularga omad tilaymiz.

2021 yilgi mavsum Superligada 14 ta klub ishtirok etadi!

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:01, 21.12.2020.
O'qildi: 4366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.