Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Alaba trendda!

Alaba trendda!

Baho:
+1 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Gerta»ga Matteo kerak

Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Matteo Genduzi faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

Ayni damda, fransuz «Gerta» klubi safida ijara asosida to‘p surmoqda. Nemis nashrlarining ma’lum qilishicha, yarim himoyachining o‘yinlaridan Berlin shahri jamoasi to‘liq qanoatlanmoqda. Shu bois, uning transferini to‘liq sotib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Gerta» futbolchi uchun qishda «Arsenal»ga 25 million yevro taklif qiladi.

Alaba trendda!

Madridning «Real» jamoasi ayni damda «Bavariya» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelisha olmayotgan David Alaba bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

«Soccer» nashrining ma’lum qilishicha, David o‘z klubidan talab qilayotgan 12 million yevrolik maoshni Madrid klubi to‘lab berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Real» shu yo‘sinda 34 yoshli Serxio Ramosning o‘rnini to‘ldirishga urinib ko‘radi.

Simone Eder ketadi!

«Torino» klubi sharafini himoya qilayotgan Simone Eder faoliaytini boshqa jamoada davom ettirishga juda yaqin turibdi.

23 yoshli futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotganidan xafa. Shu bois, rahbariyatdan o‘zini qo‘yib yuborishlarini talab qilmoqda.

«LGDS» nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi bilan Jenoa klubi jiddiy qiziqib qolgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Eder qishda Eldor Shomurodov bilan jamoadosh bo‘ladi.

«Liverpul»ga u kerak!

Angliyaning «Liverpul» jamoasi «Lill» yarim himoyachisi Renatu Sansheshni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, «mersisaydlikla» uchun bu transfer 18 million yevroga aylanadi. Avvalroq futbolchi bilan «Vulverhempton» klubi ham qiziqib qolgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sansheshning «Lill» bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi.

Zabiser Jozega kerak

Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi yarim himoyachisi Marsel Zabiser faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchi bilan «shporlar» jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchining klub tuzgan shartnomasi 2022 yilda yakuniga yetadi. Shu bois, «buqalar» o‘z sardorini jamoada saqlab qolish maqsadida yangi shartnoma taklif etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marsel boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekanligi haqida xabar bergan va klub bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirmagan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 22.12.2020.
O'qildi: 9306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик