Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Valentin Poddubniy: «Orzular ro‘yobi bu — o‘z shogirdlaringni katta futbolda ko‘rish»

Valentin Poddubniy: «Orzular ro‘yobi bu — o‘z shogirdlaringni katta futbolda ko‘rish»

Baho:
+ | -

O‘zingizga ma’lum, «Nasaf» futbol maktabi oxirgi yillarda turli yosh toifasidagi Vatanimiz terma jamoalariga ko‘plab futbolchilarni yetkazib bermoqda. Hozirgi kunda bosh jamoamizning ham asosiy qismini futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari tashkil qiladi. Bu yilgi futbol mavsumi bosh jamoamiz, U-21 hamda U-18 jamoalari uchun eng sermahsul yil bo‘lgani haqida fikr yuritgan edik. U-18 jamoasi bu yil ketma-ket uchinchi bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. Futbol maktabimiz qo‘lga kiritayotgan natijalar va yangi maqsad, rejalar to‘g‘risida maktab direktori Valentin Poddubniy bilan suhbatlashdik.

Assalomu alaykum Valentin Vasilevich sizni O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritganingiz bilan tabriklaymiz!

Suhbatimiz avvalida «Nasaf»ga birinchi kelishingiz haqida so‘zlab bersangiz!

- Jamoamizning yoshi katta muxlislari bilishadiki men «Nasaf» futbol maktabiga murabbiy bo‘lib kelishdan oldin futbolchi sifatida 1998-1999 mavsumlarda bir yarim yil o‘ynaganman. O‘sha paytdagi hozirgi jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, yoshlar jamoasi murabbiyi Zafar Xolmurodovlar bilan birga harakat qilganman. Keyin esa o‘sha paytdagi O‘zbekistonning nomdor jamoalaridan biri «Neftchi» tarkibiga ko‘chib o‘tganman. U yerda ikki yarim yil futbol o‘ynab, 2001 yilda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritganman. Shundan so‘ng faoliyatimni Qozog‘iston, Rossiyada davom ettirib Ukrainada butsalarimni «mixga ilganman». Ukrainada futbol o‘ynagan paytimda Sergey Petrovich bilan tanishgan va uning qo‘l ostida o‘ynaganman. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng Sergey Petrovichga yordamchi murabbiy sifatida ko‘maklasha boshlaganman. Shu tariqa murabbiylik faoliyatim boshlagan. Sergey Petrovich 2009 yilda «Nasaf» futbol maktabida o‘z faoliyatini boshladi va 2011 yilda meni ham taklif qildi. Men birinchi marotaba murabbiy sifatida 2011-2012 yillarda futbol maktabida murabbiy sifatida ishlaganman. O‘sha vaqtlarda futbol maktabimizni 1995-1996 yillarda tug‘ilgan bolalar bitirishgandi. Hozirgi kunda ushbu guruhlarda tarbiyalangan Doniyor Narzullayev, Odil Hamrobekov, G‘olib G‘aybullayevlar Superligada o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda. U paytda vaziyat biroz murakkabroq edi. Futbol maktabimiz yangi bo‘lganligi sababli mexanizm hozirgi holatda emasdi. Dargohimiz o‘n bir yilda buyon o‘z faoliyatini olib bormoqda va hozirda avlodlar almashinuvi unchalik murakkab jarayonga aylanmay qoldi. Faoliyatimiz boshida guruhlarni tashkil qilish biroz qiyin bo‘lgan. Shu tufayli O‘zbekistonning barcha hududlaridan bo‘lajak futbolchilarni taklif qilganmiz. Hozirgi kunga kelib maktabimiz tarbiyalanuvchilarining sakson foizini qashqadaryoliklar tashkil etadi. Yuqorida aytganimday futbol maktabida 2011-2012 yillarda murabbiy sifatida ishladim va oilaviy sabablarga ko‘ra Ukrainaga qaytib ketishga majbur bo‘ldim.

- 2018 yilda Sergey Petrovich yana bir bor qadrdon klubga taklif qildi bu safar futbol maktabi direktori sifatida. Bundan tashqari U-18 jamoasining murabbiyi faoliyatini boshqa joyda ettirayotganligi sababli bu jamoa ham menga ishonib topshirildi. Futbol maktabi birinchi marotaba ish boshlaganimdan ko‘ra ancha yaxshi ishlay boshlagani sezilardi. Chunki tizmi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandi. Kelgan paytimdayoq biz bolalar bilan ishlay boshladik. Jamoa tarkibida iqtidorli va mehnatkash yigitlar bor edi va biz debyut mavsumdayoq chempionlikni qo‘lga kiritdik.

- Siz futbol maktabida qayta ish boshlagan mavsumda yurtimizda U-18 birinchiligi boshlangandi va siz mavsum o‘rtasida jamoani qo‘lga oldingiz. Shundan buyon «Nasaf» U-18 ketma-ket uchinchi yildirki chempionlikni hech kimga bermayabdi. Bu haqida nima deya olasiz? bizning jamoamiz shunchalar kuchlimi? Yoki raqobatchi jamoalar yetarli darajada kuchli emasmi?

- Raqobatchi jamoalarni kuchsiz demagan bo‘lardim. Chunki O‘zbekistonda bizdan tashqari «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv», vodiy jamoalarining ham futbol maktablari yetarli darajada kuchli hisoblanadi. Bu turnirda ishtirok etuvchi jamoalarning ko‘pchiligi o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yib maydonga chiqishadi. Bu bosqichda biz ham futbolchilarni shunchaki ko‘chadan chaqirib olmaymiz. Biz jamoani yillar davomida o‘z futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari orqali shakillantiramiz. Erishgan barcha yutuqlarimiz futbol maktabimiz mevasidir. O‘ylaymanki biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

- Bu yoshda eng qiyini bilasizmi nimada? Bolalar futbolidan kattalar futboliga o‘tish. Bu yerda ko‘p iqtidorli futbolchilarni yo‘qotib qo‘yish mumkin. Futbolchi 18 yoshida zo‘r o‘yin namoyish etib hammaning e’tiboriga tushishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. O‘tish davrida shu iqtidorlarni yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Bu juda ham qiyin jarayon. Shunga qaramay biz chempionlikni qo‘lga kiritdik. Bu ham yosh futbolchilarga g‘oliblik ruhini singdirish uchun zarur deb bilaman. Chunki g‘alabalarsiz g‘oliblik ruhini singdirish juda mushkul. Bizning asosiy vazifamiz U-21 hamda bosh jamoaga yaxshi futbolchilarni yetkazib berish.

- Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman jamoamizning bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sagdullayevich tarbiyalanuvchilarni shaxsan o‘zi kuzatib boradi. Bolalar ham buni sezib turishadi. Chunki bugun futbol maktabida shug‘ullanayotgan bola ertaga bosh jamoa tarkibida bo‘lishi mumkinligini biladi. Murabbiy barcha jamoalardagi futbolchilarni biladi va ularni kuzatib boradi. Bu esa yosh futbolchilar uchun katta umid beradi. Qolgan jamoalarda ish qanday yo‘lga qo‘yilganidan xabarim yo‘q lekin bosh murabbiylarning hammasi ham futbol turnirlari, U-18, U-21 bahslarini o‘zi bevosita borib stadionda kuzatadi deb o‘ylamayman. Bu tarafdan bizning omadimiz kelgan. Shuning uchun biz bo‘lajak futbolchilarni «Nasaf» jamoasiga mos bo‘lishlariga harakat qilamiz.

«Nasaf» futbol maktabidagi faoliyatingizdagi eng katta maqsadingiz yoki orzuyingiz nimadan iborat?

Eng katta maqsadim yoki orzum... Kecha bu dargohga ota-onasining qo‘lidan ushlab kelgan, hali oyoq kiyimidagi bog‘ichlarini o‘zi mustaqil bog‘lay olmaydigan bolakaylarni bosh jamoada yoki munosib bo‘lsa Milliy terma jamoa libosida ko‘rish menimcha bu har bir murabbiyning orzusi. Men esa maktabimiz tarbiyalanuvchilarini imkon qadar har birini katta futbolda ko‘rishni istagan bo‘lardim. Bu menga katta quvonch bag‘ishlaydi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:29, 22.12.2020.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.