Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Bunyodkor» himoyachisi Ukraina chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi

«Bunyodkor» himoyachisi Ukraina chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» klubining 19 yoshli himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev faoliyatini Ukraina chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga Ukraina premyer-ligasining 4ta klubi qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda futbol agenti Nikita Shves Footboom'ga bergan intervyusida ma’lum qildi. Ammo o‘zbekistonlik futbolchiga qaysi jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot berilmadi.

«Ha, bu rost. Men Yo‘ldoshevning Ukrainada agenti hisoblanaman. Hozirda muzokaralar ketmoqda va unga UPL klublari tomonidan qiziqish mavjud.

Ibrohimxalil faoliyatini Ukrainada davom ettirish ehtimoli yuqori. Aynan qaysi jamoalar? Afsuski, hozircha buni ayta olmayman. Jadvalda dastlabki 10ta pog‘onani egallab turgan klublar bilan muzokara olib borilayotganini tasdiqlashim mumkin», – dedi Shves.

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Superliganing joriy mavsumida 22ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. U O‘zbekiston terma jamoasi safida 4ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Manba: www.footboom.com
Kiritildi: 17:51, 23.12.2020.
O'qildi: 6700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик