Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Odil Ahmedov Milliy universitetda o‘z futbol akademiyasini ochdi

Odil Ahmedov Milliy universitetda o‘z futbol akademiyasini ochdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Odil Ahmedov O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan futbol akademiyasini ochdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin Ahmedov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namanganda futbol akademiyasi ochgan edi.

«Men uchun akademiyani sifatli rivojlantirish juda muhim. Kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishini va uning tarkibida universitetimiz tarbiyalanuvchilari bo‘lishini istayman. Bu har qanday puldan ham qimmat turadi. Asosiysi, biz qobiliyatli o‘yinchilarga diqqatni qaratmoqchimiz.

Bilasizmi, yosh futbolchilar uchun asosiysi – bu bor kuch-g‘ayratini ayamaydigan ustoz. Afsuski, hozir bunday ustozlar kam. Bugungi kunda ko‘plab trenerlar bolalarga to‘p berib qo‘yib, shu bilan pul ishlamoqda. Shuning uchun ham biz akademiyaga tajribali chet ellik mutaxassislarni taklif qilmoqchimiz. Chet ellik mutaxassislar o‘z tajribalarini yoshlar bilan baham ko‘rishadi. Bundan tashqari, bizning ham yosh mutaxassislarimiz boshqa mamlakatlarga borib tajriba orttirishlari mumkin. Menimcha, shunday yo‘l bilan kerakli natijaga erishish mumkin, — deydi Odil Ahmedov.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 12:23, 24.12.2020.
O'qildi: 5483 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.