Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Bobur Akmalov: So‘nggi kunlarda o‘zbek futbolidagi xabarlar reytingi

Bobur Akmalov: So‘nggi kunlarda o‘zbek futbolidagi xabarlar reytingi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

So‘nggi kunlarda men eshitgan rasmiy-norasmiy xabarlar reytingi:

1. Shota Arveladze "Paxtakor" bilan xayrlashdi. Biroq, hali bu qaror  yakuniy emas ekan.

2. "Bunyodkor" va O‘zbekiston MJ himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga Ukrainaning qator klublari qiziqmoqda. Uning agenti aytdiki, qiziqish bildirgan klublar kuchli o‘nlikdan. O‘zi Ukraina Premyer ligasida 14 jamoa qatnashadi. Kuchli o‘nlik desa kulgili chiqarkan. O‘nlikdagi jamoalar:

Dinamo Kiyev
Shaxtyor
Desna
Zarya
Vorskla
Kolos
Olimpik
Aleksandriya
Mariupol
Ingules

3.  Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga o‘tishi ehtimoli yuqori, agar muzokaralar ijobiy yakunlansa.

4. Igor Sergeev "Paxtakor" bilan yangi shartnoma shartlari borasida muzokara o‘tkazyapti. Tomonlar kelisha olishmasa, u ham legionerga aylanish ehtimoli yo‘q emas.

5. Eren Derdiyok ayni paytda O‘zbekistonda emas. U dam olish uchun oilasi bilan ketgan. Futbolchining "Paxtakor" bilan yana 1 yillik shartnomasi bor, biroq ta’tildan qaytmasa, hayron bo‘lmaymiz.

6. Yangi tuzilayotgan "Olimpiya" jamoasi Proligada qatnashishidan xabardorsiz.

7. "Orol" va "Xorazm" jamoalari borasida ham yangiliklar bo‘lib qolishi kutilmoqda.

8. "Paxtakor"da yordamchi murabbiylar bo‘lib ishlagan Laslo Yambor va Piter Xyuistra jamoada qolishi kutilmoqda.

9.  Kelgusi mavsumdan Osiyo Chempionlar Ligasiga O‘zbekistonga 1+1 o‘rni berilgan. OFK kubogida esa 1 jamoamiz o‘ynaydi. Demak, "Paxtakor" OCHL guruh bosqichidan, OKMK kvalifikasiya raundidan boshlab qatnashadi. "Nasaf" esa OFK kubogida o‘ynaydi. OFK tasarrufidagi ushbu turnirlarni 2021 yil aprel oyidan avval boshlamasligini ma’lum qilgan.

10. "Neftchi" futbolchilari Jamshid To‘raqulov va Doston Toshmatov ishi bo‘yicha tez orada yangiliklar bo‘lib qolsa ajab emas. Tergov jarayoni tezlashgan va yaxshilikka umid bor. Klub rahbari Zohidjon G‘ofurov, sobiq bosh murabbiy Asad Do‘rmonov va boshqa mas’ullar futbolchilarga ko‘mak ko‘rsatish va ularning maoshlarini oilalariga yetkazish uchun kamarbasta.

Bobur Akmalov

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 17:02, 24.12.2020.
O'qildi: 6319 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.