Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda (1-qism)

Yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda (1-qism)

Baho:
+ | -

Ayni paytda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston professional ligasining turli nominasiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. G‘oliblar bilan tanishtirib boramiz.

“O‘zbek futboli nuroniysi”
O‘FA Faxriylar kengashi a’zosi, o‘tmishning yorqin yulduzi Yevgeniy Valiskiy “O‘zbek futboli nuroniysi” sovrini bilan taqdirlanadi

Yevgeniy Borisovich ko‘p yillar davomida O‘zbekistonda malakali futbolchi va murabbiylarni tarbiyalanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib keldi.

“Eng yaxshi yoshlar murabbiyi”
Bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha 2020 yilning sovrindor murabbiyi Zayniddin Tojiyev “Eng yaxshi yoshlar murabbiyi” sovrini bilan taqdirlanadi.

Zayniddin Tojiyev “Odil Ahmedov” akademiyasi jamoasining bosh murabbiyi sifatida U12 va U13 Toshkent shahar chempionligini hamda Toshkent terma jamoasi bilan O‘zbekiston kubogi va O‘FA Superkubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Eng yaxshi yosh futbolchi”
O‘zbekiston Milliy terma jamoasida yoshlarga berilayotgan imkoniyat o‘z samarasini bera boshladi. Bir yo‘la uch nafar 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar MTJda debyut o‘yinini o‘tkazdilar. Bular Hojimat Erkinov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Abduvohid Ne’matov.

Ular orasida Superliga o‘yinlarini to‘liq o‘tkazgan «Nasaf» klubi darvozaboni Abduvohid Ne’matov “Eng yaxshi yosh futbolchi” nomiga sazovor bo‘ldi.

Samarali hamkorlik
2020 yilgi mavsum davomida O‘zbekiston Superligasi va Pro Liga uchrashuvlarini tashkil etishda samarali hamkorlik uchun Coca Cola, Apex, Sport telekanali hamda UZREPORT TV taqdirlandi.

Maxsus sovrin
2020 yilning kashfiyot klubi, ketma-ket 3 mavsumda o‘zi ishtirok etgan chempionatlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, 2021 yilgi O‘zbekiston Superligasiga yo‘llanmasiga ega chiqqan Yaypanning «Turon» jamoasi Maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi
2020 yilgi Pro Liga bellashuvlarida munosib o‘yin namoyish etgan futbolchilar ko‘p bo‘ldi. Ular orasida Abdulazizxon Abdurashidov, Jasur Xolto‘rayev va Otabek Zokirov o‘z o‘yinlari bilan alohida ajralib turishdi.

O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra «Turon» klubi hujumchisi Abdulazizxon Abdurashidov “Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:19, 26.12.2020.
O'qildi: 3064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.