Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ana xolos! Afsonaviy futbolchi mamlakat prezidenti bo‘lmoqchi!

Ana xolos! Afsonaviy futbolchi mamlakat prezidenti bo‘lmoqchi!

Baho:
+ | -

Stadion.uz Paragvay terma jamoasi afsonaviy sardori va o‘tmishdagi eng taniqli darvozabon Xose Luis Chilavert o‘ylab qo‘ygan rejalari bilan tanishtirib o‘tadi.

Futboldan so‘ng, o‘zini siyosatga urganlar haqida gap ketar ekan, barchaning hayoliga «Milan» futbolchilari kelishi turgan gap. Ulardan biri (Kaxa Kaladze) Tblisi meri bo‘lsa, ikkinchisi (Jorj Vea) o‘z mamlakatidagi prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan. Bu sobiq futbolchilarning safini yaqin yillar ichida Chilaver ham to‘ldirishi mumkin.

Qahramonimiz o‘zining tvitter akkauntida prezidentlik kompaniyasi boshlanganini rasman e’lon qildi. «Men paragvaylik ekanligimdan faxrlanaman» sarlavhasi bilan boshlangan harakat tezda ommalashib ketdi.

Aslida, Janubiy Amerikaning bu mamlakatida Prezidentlik saylovlari 2023 yilda boshlanadi. Xose birinchilardan bo‘lib o‘z nomzodini targ‘ib etishni boshladi. U o‘z harakatlarini quyidagicha izohladi:

«Qonundan qochib qolish endi mumkin emas! Poraxo‘rlik va xalqni tunashni bas qiling!”

Bu so‘zlar xalq orasida keng yoyildi. Uning tarafdorlari soni so‘nggi oylarda juda ham ko‘payib ketdi. Siyosatchilarning aytishicha, u e’tibor tortish yoki piarni reja qilmagan. Sobiq darvozabon siyosat olamiga dadil qadamlar bilan kirib kelmoqchi. U ayni damda, bu olamdagi qonunlar bilan yaqindan tanishib chiqmoqda.

Chilavert o‘zining o‘tkir so‘zlari bilan ancha oldin xalq mehrini qozongan desak, adashmagan bo‘lamiz. 1999 yilda davlat terma jamoa Kopa Amerikada ishtirok etishi uchun pul ajratganida, u bu pullarni havoga uchirish bilan barobarligi haqida qo‘rqmay bayonot bergan edi. QO‘shimchasiga, o‘zi kelajakda siyosat bilan shug‘ullanishi va bunday pul o‘marishlarga chek qo‘yishini ta’kidlagan edi.

Tan olish lozim, so‘nggi 18 yil ichida Paragvay davlati aholisi ancha qiynalib qoldi. Ayniqsa, 2018 yildagi saylovdan so‘ng, vaziyat yanada og‘irlashib ketdi. Mamlakat tepasiga kelgan Mario Abde Benites iqtisodiyot bobida no‘noq edi. Bu omil yakunda, xalqning ahvolini yanada tenglashishiga sabab bo‘ldi. Chilavert nafaqat mamlakatning ayni damdagi prezidentiga, balki Fidel Kastorga ham «hujum» uyushtirishdan charchamayapti.

«Fidel aytgan inqilobning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Hammasi yolg‘on. U shunchaki mashhur bo‘lish maqsadida katta gapirar edi. Fidel Koronavirusdan ham havfli!”

Qahramonimiz shu yilning yoz oyida KONMEBOL rahbari bo‘lishi mumkin edi. U ushbu federasiya rahbarini ochiqchasiga poraxo‘rlikda aybladi. Bunga javoban esa, Alexandro Dominges uni sudga berdi. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda.

Siyosatchilarning aytishicha, uning saylov oldi kompaniyasiga katta naf keltirishi mumkin. Sababi, futbol muxlislari uni qo‘llab-quvvatlashadi. Qo‘shni respublikalar bilan ham aloqalar juda yaxshi. Sobiq futbolchi o‘zining bank hisob raqamidagi pullarni siyosiy g‘alaba qilish uchun sarflamoqchi. Hozircha, saylovga 2,5 yil bor. Shunga qaramay, qahramonimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z nomzodini ilgari surishga kirishib ketgan. Stadion.uz futbol olamidagi tirik afsonalardan birining yangi ishiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:23, 27.12.2020.
O'qildi: 5637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.