Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Futbolimizning shifokorlarsiz olami!

Futbolimizning shifokorlarsiz olami!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol oilasidagi “Yilning eng yaxshilarini taqdirlash” marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir haqida aytishganida “Bunday marosimlarda uzoq yillardan buyon e’tibordan chetda qolib kelayotgan futbol shifokorlari “koronavirus sharofati” bilan, pandemiya davridagi kamtarona xizmatlari uchun, hech bo‘lmasa bu yil e’tirof etilar ekan-da”, degan o‘y o‘tgandi xayolimdan.

Chuchvarani xom sanagan ekanmiz. Tadbirda, turli nominasiyalarda taqdirlashdi. Ular o‘z yo‘liga..., ammo zamon zayli bilan shifokorlar millat qahramoni sifatida ardoqlanayotgan bugungi davrda, kasallik o‘chog‘ida ishlayotgan shifokorlardan qolishmay, uyi – oilasi oldiga bormay, murabbiyu futbolchilar yashayotgan “baza”da istiqomat qilib, kechayu-kunduz ularning issiq-sovug‘idan xabardor bo‘lgan jamoa shifokorlaridan birortasi ushbu tadbirga taklif qilinmadi. Nominasiya haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi (“Rubin” shifokori o‘yin mahali tez tibbiy yordam ko‘rsatgani uchun olgan sovrinning bu mavzuga umuman aloqasi yo‘q).

Pandemiya davrida chempionatni davom ettirish yo‘lida, kasallik avj olgan jamoani “oyoqqa turg‘uzish” uchun fidokorona mehnat qilgan (hech qanday qo‘shimcha mablag‘ yoki rag‘batlantirishlarsiz) “Bunyodkor” shifokori Qahramon Nurmuhammedov, AGMK shifokori Islom Abayev, “Paxtakor” vrachi Umid Bahromov , “Metallurg” shifokori Dilshod Ashirov hech bo‘lmaganda umumiy e’tirofga loyiq edilar.

Shifokorlarimiz marosimlarga chaqirilishlari yoki mutasaddilar ularning qo‘lini siqib qo‘yishi uchun ishlashmaydi, ularga sovrinning ham keragi yo‘q aslida. Mehnatlarining unumi ular uchun sovg‘a. Ammo bir og‘iz tashakkur va beminnat mehnatlarining e’tirofi ularga yanada g‘ayrat va kuch bag‘ishlashi aniq edi.

Barcha jamoa shifokorlari va ularning xizmatlarini bilguvchi kaminaning mutasaddilardan bir iltimosim bor. Biz futbol shifokorlari ichida, pandemiya davrida eng ko‘p ter to‘kishgan va munosiblarimiz – yuqorida nomlari keltirilgan shifokorlarimizning klublariga aqalli “tashakkurnoma” yo‘llab qo‘ysalar insofdan bo‘lur edi.  

Abror Pirriyev.
"Lokomotiv" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi shifokori.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 18:27, 27.12.2020.
O'qildi: 3648 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.