Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev — to‘rt karra O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi

Ro‘ziqul Berdiyev — to‘rt karra O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha Toshkent shahridagi "Zarafshon" konsert zalida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham O‘zbekiston Professional futbol ligasining yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yil yakuniga bag‘ishlangan kechada Abduvohid Ne’matovning «yilning eng yaxshi yosh futbolchisi», «Nasaf» esa «muxlislar mehri»ni qozongan jamoa sifatida e’tirof etildi.

Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida muxlislar mehrini qozongan klubimizning yana bir iqtidorli vakili Oybek Bozorov O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun hozirgi kunda Italiya chempionatida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov va «Paxtakor» a’zosi Jaloliddin Masharipovlar bilan raqobat olib bordi.

Marko Stanoyevichning Superliga doirasida AGMK jamoasi darvozasiga urgan goli ham Superliganing eng chiroyli gollari uchligidan joy oldi.

Jamoa hujumchisi Bobir Abdixoliqov esa to‘p urarlar bahsida Dragan Cherandan so‘ng 17 gol bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Superliga 2020 yil ramziy terma jamoasidan uch nafar futbolchimiz Bobir Abdixoliqov, Marko Stanoyevich, Abduvohid Ne’matovlar o‘rin egallashdi.

Va nihoyat Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekistonning 2020 yildagi enga yaxshi murabbiyi deb topildi. Ro‘ziqul Sagdullayevich bu sovrinni o‘z faoliyati davomida to‘rtinchi marotaba qo‘lga kiritdi (2013, 2016, 2017, 2020) va bu borda ham O‘zbekistonning afsonaviy murabbiyi Yuriy Sarkisyandan so‘ng ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yuriy Vazgenovich besh marotaba ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan.

Qarshiliklar «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostida to‘rt karra bronza (2013, 2014, 2015, 2016), ikki marotaba kumush (2017, 2020), O‘zbekiston Kubogi (2015), O‘zbekiston Super kubogi (2016) kabi sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:59, 27.12.2020.
O'qildi: 3114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.