Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya - Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

Qo‘shig‘i uzoq yangramagan APL murabbiylari

Qo‘shig‘i uzoq yangramagan APL murabbiylari

Baho:
+ | -

Yaqinda «Vest Bromvich» ustozi Slaven Bilichga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborildi. Bu APLda yilning eng birinchi iste’fosiga aylandi. Aslida, primyer liga vakillarining a’zolari tezda murabbiylarni bo‘shatib yuborish borasida yetakchilik qilishmoqda. Bilich naqd 13 ta o‘yindan so‘ng ishdan olindi. Bu vaqt kamdek tuyilishi bo‘lishi mumkin, ammo «tumanli albion» uchun emas. Bugun ushbu turnirda erta ishdan olingan murabbiylarni yodga olamiz.

2016/17 – Franchesko Gvidolin («Suonsi») 7 ta o‘yindan so‘ng

Uels klubining ustozi atigi 7 ta o‘yindan so‘ng ishdan olindi. Gap shundaki, klub ushbu uchrashuvlarda atigi 4 ochko jamg‘ardi xolos. Tajribali murabbiy o‘zining 61 yoshga to‘lgan kuni ishdan olindi. O‘z tug‘ilgan kunida ishdan olindi. Balki shu bois, murabbiy o‘z maoshining qolgan qismini undirish maqsadida «Suonsi» bilan uzoq sudlashdi.

2003/04 – Glenn Xoddl («Tottenxem») 6 ta o‘yidan so‘ng

«Tottenhem» jamoasi afsonasi Glen Xoddl murabbiy sifatida katta yutuqlari erishgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, u «Shporlar» safida 2,5 yil faoliyat olib bordi. Yangi mavsumda esa, u boshchiligidagi jamoa juda omadsiz start oldi. Mavsum boshidagi 6 ta o‘yinda Glenn atigi 4 ochko jamg‘ardi xolos. Oqibatda, London klubi klubning tirik afsonasini ishdan olishga majbur bo‘ldi.

1996/97 – Govard Uilkinson («Lids») 5 ta o‘yindan so‘ng

Aslida, Gorvard boshchiligida «tovuslar» yomon start olmadi. Klub o‘zining mavsum boshidagi 5 ta uchrashuvidan so‘ng, turnir jadvalida 10-pog‘onada borayotgan edi. Murabbiy yoshartirilgan tarkib bilan mavsum so‘nggida kuchli oltitalikda bolishni reja qilgan paytda uni iste’foga chiqarib yuborishdi. Bunga sabab sifatida «Manchester Yunayted» jamoasidan 4:0 hisobida qabul qilib olgan mag‘lubiyatni ko‘rsatishimiz mumkin. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, rahbariyat murabbiylar shtabini to‘liq almashtirib yubordi.

2013/14 – Paolo Di Kanio («Sanderlend») 5 ta o‘yindan so‘ng

O‘zining qiziqqonligi bilan boshqalardan ajralib turuvchi murabbiy «Sanderlend» bilan birinchi urinishda elitada jon saqlab qoldi. Keyingi mavsumda esa, kutilgan omadsizlik yuz berdi. Chempionatning ilk 5 ta turidan so‘ng, «Sanderlend» 20-pog‘onaga tushib ketadi. Di Kanioga esa «to‘g‘ri tushuntirib yuborishadi».

2000/01 – Djanluka Vialli («Chelsi») 5 ta o‘yindan so‘ng

Londonning «Chelsi» jamoasi futbolchisi o‘zining murabbiylik faoliyatini «aristokratlar» safida boshlaydi. O‘zining ilk mavsumida 3 ta sovrin yutgan bo‘lsada, kelasi mavsum uning uchun omadsiz yakunlandi. Italiyalik murabbiy yangi mavsumning ilk 5 ta turida omadsizlikka uchraydi. Oqibatda, jamoada fantastik start olgan murabbiyga atigi 5 tagina tur ishonch bildirdi xolos.

2017/18 – Frank de Bur («Kristal Pelas») 4 ta o‘yindan so‘ng

Frank De Bur APL tarixidagi eng erta ishdan olingan murabbiylardan biri sanaladi. Gollandiyalik murabbiy «Kristal Pelas» jamoasi bilan mavsumning ilk 4 ta turida 4 ta mag‘lubiyatga uchradi. Shu bois, haqli ravishda De Bur iste’foga chiqarildi.

2019/20 – Xavi Grasiya («Uotford») 4 ta o‘yindan so‘ng

«Uotfurd» jamoasi o‘zining murabbiylarga nisbatan besabrligi bilan ajralib turadi. Ortda qolgan mavsumda Xavi Garciya shu odatning qurboniga aylandi. Vaholanki, ushbu uchrashuvlarda 1 ochko jamg‘argan. Jamoa rahbarlari esa tezroq kuchli to‘rtlikka kirish maqsadida Xavi Garciyani ishdan olib tashladi. Afsuski, «Uotfurd»ning bu odati hali-hamon davom etmoqda.

2004/05 – Bobbi Robson («Nyukasl») 4 ta o‘yindan so‘ng

«Nyukasl» jamoasi Bobbi Robsonni nima uchun iste’foga chiqargani tushunarsiz. Vaholanki, o‘tgan mavsumda «Nyukasl» jamoasi APLni 5-pog‘onada yakunlagan edi. UYEFA kubogida esa, yarim finalga qadar yetib borgan murabbiyning yangi mavsumda 4 ta turdagi omadsizligini klub kechira olmadi. To‘g‘risi, juda ham tushunarsiz qaror.

1993/94 – Piter Rid («Manchester Siti») 4 ta o‘yindan so‘ng

1993 yilning boshida «Manchester Siti»da katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Rahbariyat ham to‘liq almashtirilgach, jamoa natijalari ham pasayib ketdi. Jamoa APL startidagi 4 ta o‘yinda atigi bitta gol urdi. Shu bois, Piter Rid erta ishdan olindi.

1998/99 – Kenni Dalglish («Nyukasl») 2 ta o‘yindan so‘ng

Jamoa mavsum oldi mashg‘ulotlar chog‘ida «Liverpul» afsonasini taklif etdi. Barcha tayyorgarliklar ko‘ngildagidek o‘tgach, mavsum boshlandi. Jamoa mavsumning ilk ikkita turida («Chelsi» va «Charlton») durang o‘ynaydi. Shunga qaramay, rahbariyat Kenni Dalglishni ishdan bo‘shatdi. To‘g‘risi, mavsum oldi mashg‘ulot o‘tkazgan murabbiyni ikkita durang evaziga ishdan olish juda g‘alati.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:18, 28.12.2020.
O'qildi: 7487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.