Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya - Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

«Chelsi» boshi berk ko‘chaga kirib qoldi! Lempard ketadimi?

«Chelsi» boshi berk ko‘chaga kirib qoldi! Lempard ketadimi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Tomas Tuxeldan keyin iste’fo berishi mumkin bo‘lgan «Chelsi» ustozi haqida fikr almashadi. 

Omadsiz mavsum

Afsuski, London klubi so‘nggi 5 ta turda atigi bir bor g‘alaba qozondi xolos. Shuningdek, bitta durang ham klub hisobida. «Aston Villa» bilan o‘yindagi durangdan so‘ng, Lempard o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Abramovich davrida «Chelsi» faqat bir marta 16 ta turda 26 ochko jamg‘armagan edi. Joze Mourinyo 2015/16 yilgi mavsumda shogirdlari bilan 16 ta turdan so‘ng, 15 ochko jamg‘argan edi. Frenk ham borgan sari Mourinyo singari pastga qulab ketmoqda.

Lempardga nima bosim o‘tkazmoqda?

Aslida, Frenkning murabbiy bo‘lib «Chelsi»ga qaytishi tavakkal qarorlardan biri edi. Hali tajribasi yo‘q bo‘lishiga qaramay, jamoani unga ishonib topshirishdi. Katta transferlarsiz ham Frenk kuchli to‘rtlikka kirishni uddalagach, ko‘plab ingliz nashrlari uni bo‘lajak super murabbiy deb ta’riflay boshladi.

Shu yilning yozida «Chelsi» transferlar uchun 250 million yevro sarfladi. Bu esa, jamoada kelajagi porloq bir nechta futbolchilarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Hozircha,yosh murabbiy va yosh futbolchilarning to‘liq potensiali qay darajadaligi noma’lum. Shunday bo‘lsada, bir muncha vaqtdan so‘ng bu bog‘lamlik ish berishi hech gap emas.

Achinarlisi shundaki, «Chelsi» so‘nggi turlarda ancha bo‘sh ishtirok etdi. «Vulverhempton»dan alamli mag‘lubiyat, «Everton»dan kutilmagan, «Arsenal»dan esa sharmandali mag‘lubiyatlar klub ichki muhitiga ta’sir ko‘rsatdi. Keyin esa, «Aston Villa» bilan durang. Bu uchrashuvlar sababli Lempard jamoani yanada jipslashtirishi qiyinlashib ketishini sezib turibdi. Endi unda ikkita tanlov bor. Biri vaziyatni o‘nglash, ikkinchisi ishdan ketish.

Mavsum boshida sarflangan 250 million yevro, Frenkning mas’uliyatini yanada oshirib yubordi. O‘tgan mavsumda hech kim undan hech narsa kutmagan edi. Bu mavsum boshida esa, barcha «aristokratlar»dan chempionlikni kuta boshladi. Transfer uchun sarflangan pullarning barchasiga Frenk javob berishi lozimligi murabbiyni biroz bosim ostida qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu summani yelkada ko‘tarib yurish istalgan murabbiyga og‘irlik qilishi turgan gap.

«Chelsi»da progress bormi?

«Aston Villa»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Frenk juda yomon kayfiyatda ekanligini shundoqqina bilinib qoldi.

«Agar sir hayotingizdagi og‘ir damlarni boshingizdan o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, kurashda davom eting! Barchasini o‘nglash mumkin.”

Ayni damda barcha ingliz muxlislari «Chelsi»ni qudratli, biroq ongi yaxshi rivojlanmagan maxluqqa o‘xshatmoqda. darhaqiqat, «Chelsi» APLda istagan jamoasini parchalab tashlashi, yoki unga yengilishi mumkin. Umuman olganda, tarkibga yosh futbolchilar kelgach, stabillik yo‘qolgandek tuyulmoqda. Afsuski, maydon markazidagi ishonchli o‘yinlarga qaramay, «Chelsi» ba’zan maydonda «sochilib» ketmoqda. Zaxiradan o‘yinga tushgan futbolchilar ham ko‘pincha o‘yinga kirishib keta olmay qolmoqda. Boz ustiga, tarkibda chinakam yetakchilar mavjud emas. Barchasi o‘zini bo‘lajak super yulduz bo‘lishiga 100 foiz ishonuvchi yigitlar.

Frenk esa, «Derbi Kaunti»da bu formatdagi futbolchilar bilan ishlab ko‘rmagan. Shu omil sababli biroz qiynalmoqda. Unga tajriba yetishmayapti. Tarkib hali to‘liq shakllanmagan. Verner, Ziyesh, Pulishichlarning asosiy o‘rinlari o‘zgarib ketgan. Shu bois, ularda sermahsullik yo‘qolgan. Yozda kelgan Verner, Ziyesh va Xaverslarning kiritgan gollari soni umumiy 6 tani tashkil etmoqda. bu himoyachilari: Chiluell, Zuma, Silva, Jeymslar birgalikda kiritgan (9) gollardan kamroq degani!

«Chelsi» sovrinsiz qoladi

APLda g‘oliblik uchun kurash avjida. Chempionlikni oldiga maqsad qilib qo‘ygan klublar «Chelsi» yoki «Tottenhem» singari omadsiz o‘yinlar seriyasini o‘tkazishi mumkin emas. Ular mavsum oldidan qo‘yilgan rejalarni amalga oshirishi uchun qoqilmasdan finishga yetib kelishi lozim. «Chelsi» APL oltin medallari uchun mavsum boshidan kurashga qo‘shildi va dekabr oyida qoqildi.

Bu esa, zaxiradagi qimmatbaho futbolchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Maydondagi yoshlar esa, o‘z kuchi va jamoaning ertangi kuniga ishonchini yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. To‘g‘ri, mavsum avvalida tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyatlar juda yomon edi. Vaqt qisqa bo‘lgani uchun ko‘p narsaga ulgurib bo‘lmadi, lekin «Liverpul» stabillikni yo‘qotgani yo‘q. Bugungi «Chelsi» himoyasidagi muammolarni ancha kamaytirdi. Hujumda esa, bir nechta kreativ yigitlar nimadir o‘ylab topishga urinmoqda. Afsuski, Frenk Lempard 250 million yevrolik tarkibni to‘liq jipslashtira olganicha yo‘q. Agar u bu ishni amalga oshirsa, tez orada APLda hech qanday kuch «Chelsi»ning oldida tura olmaydi! Agar Lempard o‘ziga kela olmasa, tez orada Tuxel singari u ham ishsiz qolishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:08, 30.12.2020.
O'qildi: 6809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.