Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Zabihillo O‘rinboyev: «Navbahor» tarixida qolganimdan xursandman»

Zabihillo O‘rinboyev: «Navbahor» tarixida qolganimdan xursandman»

Baho:
+ | -

“Navbahor” yakunlangan mavsumda yubiley – 1400-golini urgani va ushbu golga Cuperliganing 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (1:0) uchrashuvida jamoaning mahoratli hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev mualliflik qilgani haqida ma’lumot bergandik.

Shu munosabat bilan ayni paytda qishki ta’tilda bo‘lgan 25 yoshli mahoratli futbolchi bilan telefon orqali bog‘lanib, Zabihilloning bu boradagi fikri bilan qiziqdik.

Mahoratli hujumchi esa quyidagi so‘zlarni gapirdi:

"So‘zim avvalida barcha hamyurtlarimizni kirib kelayotgan yangi – 2021 yil bilan tabriklayman. Ilohim, yangi yil barchaga baxt va quvonch olib kelsin. Bu yil amalga oshmagan orzulari kelasi yili amalga oshsin.

Albatta, nafaqat mamlakatimiz, balki Osiyo qit’asi hamda sobiq  ittifoq davlatlarida ham taniqli, Superligamizning “Paxtakor” bilan birgalikda ikki muntazam ishtirokchisidan biri bo‘lgan, shuningdek, yurtimizning eng sovrindor jamoalari qatoridan o‘rin olgan “Navbahor”dagi bir yillik faoliyatim  davomida jamoaning yubiley goli muallifiga aylanib, “Navbahor” tarixida qolganimdan xursandman.

Hali yoshman hamda kelajakdagi faoliyatim davomida ham yana shunday yubiley gollar muallifiga aylanib, ijobiy va yoqimli statiskalarni qayd etaman, degan umiddaman.

Joriy mavsum yakunida “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomam muddati yakunlandi hamda jamoadagi taqdirimga yangi yildan so‘ng, oydinlik kiritiladi.

Albatta, “Navbahor”da bosimi yuqori. Shu bois, jamoa o‘yiniga moslashishim uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi.

Kelasi mavsumda ham namanganliklar sharafini himoya qiladigan bo‘lsam, chiroyli o‘yinlarim va gollarim bilan jamoa muxlislariga quvonch ulashaman degan umiddaman. Yakuniga yetayotgan yilda pandemiya sababli, “Navbahor” ijobiy natija qayd eta olmadi.

Xudo xohlasa, yangi mavsumda namanganliklar klub rahbariyati hamda jamoa muxlislari ishonchini oqlab, sovrindorlar safidan o‘rin olish uchun kurash olib borishadi degan niyatdaman.

Jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydigan bo‘lsam, buni amalga oshirish uchun men ham munosib hissamni qo‘shaman, degan umiddaman. So‘zim yakunida yana bir marta barcha yurtdoshlarimizni yangi yil bilan muborakbod etaman", — dedi O‘rinboyev.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:51, 30.12.2020.
O'qildi: 2697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.