Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Damir Temirov - «Dinamo»ning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi

Damir Temirov - «Dinamo»ning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

«Dinamo» klubi matbuot xizmati 2007 yildan buyon davom etayotgan an’anasiga sodiq qolib, 2020 yil yakunlariga ko‘ra, jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Avvalgi yillarda «Dinamo»ning yil futbolchisi klubning rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlangan bo‘lsa, joriy mavsumda telegramdagi rasmiy kanalida tashkil etilgan ikki bosqichli ovoz berish orqali saralandi.

Dastlabki bosqichda mavsum davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan 10 nafar futbolchi kiritilgan bo‘lsa, yakuniy bosqichda 5 nafar futbolchi qoldi – Komil Sharofutdinov, Obid Jo‘raboyev, Muhammadqodir Hamraliyev, Damir Temirov va Shoxruh Abdurahmonov.

E’tiborlisi, qariyb bir hafta davom etgan ovoz berish jarayonining dastlabki kunlarida jamoa yarimhimoyachisi Damir Temirov katta farq bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, so‘rovnomaning so‘nggi kunlarida «Dinamo» klubi kanalidagi so‘rovnoma aksariyat muxlislar tomonidan boshqa kattaroq auditoriyalarga ega guruhlarga ham yo‘llanib, yana boshqa ikki futbolchi uchun ovoz berilishi so‘ralgani kuzatildi. Bu esa ikki ishtirokchi sun’iy ovozlar orqali yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Natijada so‘rovnomani yakunlab, ikki bosqichning dastlabki kunlarida eng ko‘p ovoz to‘plagan Damir Temirovni «Dinamo» jamoasining 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilishga qaror qildik.

2020 yil davomida faol bo‘lib, 3ta gol urib hamda 4ta golga hammualliflik qilgan 22 yoshli ushbu yarimhimoyachi so‘rovnomada 2690 ovozdan 26 foiziga (718ta ovoz) ega chiqdi.

Keyingi o‘rinlar Obid Jo‘raboyev, Muhammadqodir Hamraliyev, Shoxruh Abdurahmonov va Komil Sharofutdinovga nasib qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so‘rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan «Dinamo»ning «mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko‘rilgan:

«Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominasiyasi g‘oliblari:

2007 yil – Farhod Tojiyev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – [Devid Oniya]

2012 yil – Ivan Nagayev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.

2015 yil – Kamoliddin Murzoyev.

2016 yil – Amirjon Safarov.

2017 yil – Jasur Azimov.

2018 yil – Akmal Xolmurodov.

2019 yil – Botirali Ergashev

2020 yil – Damir Temirov

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:09, 31.12.2020.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.