Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Islom dinini qabul qilgan taniqli futbolchilar

Islom dinini qabul qilgan taniqli futbolchilar

Baho:
+ | -

Dunyoda boshqa dinga e’tiqod qilib, ma’lum vaqtdan so‘ng islom dinini qabul qilgan insonlar ko‘p. Tabiiyki, ular orasida sportchi va futbolchilarni ham uchratish mumkin. Quyida islom dinini qabul qilgan taniqli futbolchilar haqida fikr yuritamiz.

Frank Riberi



O‘zining «Bavariya»dagi yorqin o‘yinlari bilan tanilgan «Fiorentina» futbolchisining islomni qabul qilishiga rafiqasi sababchi bo‘lgan. Riberi 2006 yilda jazoirlik qizga uylanayotganda islom dinini qabul qiladi va Bilol ismini oladi.

Tyerri Anri



Islomni qabul qilgan yana bir taniqli futbolchi, bu Anridir. Uning bu qarorga kelishiga musulmon do‘stlari (Abidal, Riberi) sababchi bo‘lgan — bunda Anrining «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Erik Abidalning roli katta bo‘lgani aytiladi. Anrining so‘zlariga ko‘ra, islom u uchun hamma narsadan muhimroq bo‘lib qolgan.

Erik Abidal



Yuqorida tilga olingan «Barselona» sobiq futbolchisi 2003 yilda islomni qabul qiladi va Riberi kabi Bilol ismini oladi. Abidal intervyularidan birida bu (islomga kirish) unga kuch va ilhom bag‘ishlashini aytgandi. Erik ham hayot yo‘llarini jazoirlik ayol bilan bog‘lagan.

Nikolya Anelka



Islom dinini qabul qilgan fransiyalik futbolchilardan yana biri Anelka bo‘lgan. «Arsenal», «Real», «Chelsi» va PSJ kabi grand jamoalar tarkibidagi ajoyib harakatlari bilan yodda qolgan Nikolya 2004 yilda islomga kiradi. O‘zining aytishicha, Parij atrofida jazoirlik muhojirlar bilan birga voyaga yetgani uni halol inson bo‘lishiga va ularning diniga kirishiga sabab bo‘lgan.

Pol Pogba



«Manchester Yunayted»dagi bir necha yillik muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga qaramay, bugungi kunda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo‘lib turgan Pogba ham Islom diniga e’tiqod qiladi va hatto 2019 yilda Haj safarini ado etgan. Garchi, onasi islom diniga e’tiqod qilsa-da, Pol tug‘ilganida musulmon bo‘lmagan va keyinchalik bu qarorga kelgan.

«Islom dini meni o‘zgarishga va hayotda ko‘p narsalarni tushunishga majbur qildi. Men bunda xotirjamlik topdim. Faqat musulmonlar orasidagina irqchilikni ko‘rmadim», — deydi Pogba.

Shuningdek, turli manbalarda Niderlandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Robin van Persining ham islom dinini qabul qilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq futbolchining o‘zi e’tiqodi haqida omma oldida gapirmaslikni ma’qul ko‘radi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:02, 31.12.2020.
O'qildi: 13523 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик