«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya chempionatining 17-turi doirasida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda penaltidan unumli foydalandi.
Shu tariqa, 26 yoshli futbolchi APL doirasidagi dastlabki 30ta o‘yinda jamoasining 33ta golida ishtirok etdi — 19ta gol va 14ta assist.
Bu premyer-liga tarixidagi ikkinchi natija hisoblanadi. Rekord esa «MYU»ning sobiq hujumchisi Endi Koulga tegishli. U «gol+pas» tizimi bo‘yicha dastlabki 30ta uchrashuvda 37 ochko jamg‘argan.