Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Kuman: «Messi yanada ko‘proq gol urishi mumkin edi»

Kuman: «Messi yanada ko‘proq gol urishi mumkin edi»

Baho:
+ | -1

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi o‘yin (3:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Xursandman. Bugun 0:1 hisobida yutqazayotganimizda ham konsentrasiyani yo‘qotmadik. Birinchi golda uyushmagan holda harakat qilganimiz uchun jazolandik. Lekin shundan so‘ng ajoyib harakat qildik. Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik, biror marta bo‘shashmadik. Ajoyib o‘yin. Hali ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlarimiz bor, ammo bugun gollar chiroyli bo‘ldi.

Messi yanada ko‘proq gol urishi mumkin edi, ammo ikki marta darvoza ustunini nishonga oldi. U hamisha to‘la kuch bilan ishlaydi va uzoq yillardan buyon yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda. Nazarimda, hozirda u yanada samarali harakat qilmoqda.

Sovrin uchun imkoniyat hali qo‘ldan chiqmadi. Mavsum hali olis. Jarohatlar, ko‘tarilishlar, pasayishlar bo‘lishi mumkin. La ligada raqobat yuqori. Top-klublarning esa taqvimi murakkab. Butun mavsum davomida yuqori saviyani ushlab turish qiyin.

Boshqa o‘yinlarda ham ko‘proq ochko to‘plashga haqli edik. G‘alabalar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Jamoa rivojlanmoqda va ishonchliroq harakat qilmoqda», — dedi Kuman.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:46, 07.01.2021.
O'qildi: 4014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.