Kirish Ro'yxatdan o'tish

La liganing yana bir uchrashuvi bekor qilinishi mumkin

La liganing yana bir uchrashuvi bekor qilinishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Valyadolid" va "Valensiya" klublari o‘rtasidagi o‘yin bekor qilinishi mumkin.

"AS" tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniyadagi Filomena bo‘roni kuchli qor yog‘ishiga olib keldi. Natijada "Valyadolid" bugun mashg‘ulotda ishtirok eta olmadi.

Bundan tashqari, "Valensiya" ayni paytda o‘yin bo‘ladigan joygacha yetib kela olmayapti. "Ko‘rshapalaklar" uchishi kerak bo‘lgan Villanubla aeroporti esa kamida ertagacha yopiq bo‘ladi. Shuning uchun La liga "Valyadolid" - "Valensiya" bahsini ko‘chirishni muhokama qilmoqda. Mazkur uchrashuv 10 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 18:37, 09.01.2021.
O'qildi: 5116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик