Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

A seriya. «Jenoa» g‘alaba qozonib, xavfli hududni tark etdi

A seriya. «Jenoa» g‘alaba qozonib, xavfli hududni tark etdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 17-turi doirasida «Jenoa» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida mezbonlar hisobni ochishdi. Shomurodov o‘ng qanotda himoyachi Neuen Pasdan chiroyli tarzda o‘tib ketdi va jarima maydonigacha yetib keldi. Eldor penalti nuqtasiga bergan to‘pga Dzappakosta zarba berdi. Darvozabon qaytargan to‘pni esa Mixa Zays darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar raqib himoyachisiga bosim uyushtirib, undan to‘pni olib qo‘yishdi. Natijada Destro darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi.

"Jenoa" qolgan daqiqalarda yaxshi himoyalandi va g‘alabani ushlab qoldi. Genuyaliklar ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 14taga yetkazib, jadvalda 17-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

Italiya A seriyasi, 17-tur
Jenoa – Bolonya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 44 Zays, 2:0 – 55 Destro.
Jenoa – Perin, Krishito (Gilyone, 46), Masyello, Bani, Dzappakosta, Badel, Radovanovich, Zays, Bexrami (Ebong, 46; Lerager, 74), Shomurodov (Pyasa, 81), Destro (Melegoni, 86).
Bolonya – Anjelo, Tomiyasu, Pas (Poli, 81), Larangeyra, Xiki (Deyks, 60), Sxauten (Barrou, 60), Dominges, Orsolini (Olsen, 74), Soriano, Vinyato, Palasio (Rabbi, 82).
Ogohlantirishlar: Radovanovich (66), Gilyone (87).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:57, 09.01.2021.
O'qildi: 7158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик