Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland Germaniya Bundesligasining 15-tur doirasida «Leypsig» (3:1) klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Norvegiyalik futbolchi Bundesliganing 25 ta o‘yinida 25 ta gol kiritdi va musobaqa rekordini qayd etdi.
Avvalgi rekord «Gamburg» sobiq hujumchisi Uve Zeelerga tegishli bo‘lib, u 25 uchrashuvda 23 ta to‘p kiritgandi.