Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 3-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 0-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Aziz Abduhakimov: «Shaxmat federasiyasi faoliyati chuqur o‘rganilmoqda, u yerda tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi»

Aziz Abduhakimov: «Shaxmat federasiyasi faoliyati chuqur o‘rganilmoqda, u yerda tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonovaning AQSH shaxmat federasiyasi a’zosiga aylanganiga munosabat bildirdi va O‘zbekiston shaxmat federasiyasi faoliyati o‘rganilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov xabar qildi.

«Hozirda shaxmat federasiyasining faoliyati chuqur o‘rganib chiqilmoqda. O‘zbekistonlik qizlar chet elda, boshqa mamlakat bayrog‘i ostida dona surayotgani juda achinarli holat. Bir narsani tushunish kerak, ular hozir o‘ziga qulay yo‘lni tanladi. Bu qizimiz AQSHda ham o‘qiyapti, ham sportchilik faoliyatini davom ettirmoqda.

Albatta, federasiyada tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi. Yo‘l qo‘yilgan barcha kamchiliklar tahlil qilinadi. Sabab o‘rganiladi va nima uchun holat bu darajaga kelgani tahlil qilinadi. Yaqin orada shaxmat federasiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda barcha xulosalar taqdim etiladi.

Bu qizlarga O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda qatnashish bo‘yicha o‘zimizning tegishli takliflarimizni beramiz.» - dedi Aziz Abduhakimov, Bosh vazir o‘rinbosari

Avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSHning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSH nomidan qatnashishi ma’lum bo‘lgandi. Keyinchalik bloger Aziza Umarova shaxmatchilar oilasi va federasiya o‘rtasidagi sovuq munosabat haqida maqola e’lon qildi. Bunga javoban federasiya raddiya bildirdi. Federasiya ushbu xabarlar fonida OAVda e’lon qilingan maqolalarni bir yoqlama deb baholagan. Shuningdek, terma jamoadan chiqib ketish fikri sportchining o‘ziga tegishli ekani va bunda boshqalarni aybdor qilish mumkin emasligi ta’kidlangan.

Keyinroq opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova va Xulkar Tohirjonova Shaxmat federasiyasining raddiyasiga munosabat bildirib, «Shaxmat federasiyasi ustimizdan mag‘zava ag‘dardi» degandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:32, 10.01.2021.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.