Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

WhoScored «Jenoa» — «Bolonya» uchrashuvi futbolchilarining reytingini e’lon qildi

WhoScored «Jenoa» — «Bolonya» uchrashuvi futbolchilarining reytingini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 16-turi doirasida «Bolonya»ga qarshi kechgan 9 yanvar kungi uchrashuvda (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

WhoScored portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 7,1 ballga baholagan. Eldor uchrashuvda jamoasining birinchi goliga olib kelgan vaziyatda faol harakat qildi.

Shomurodov maydonda harakat qilgan 81 daqiqa davomida 34 marta to‘pga tegindi. Uning 22 uzatmasidan 12 tasi (55%) aniq chiqdi. 25 yoshli futbolchi maydonda 6 marta yakkakurashga kirishib, ularning bittasida muvaffaqiyat qozondi. Havodagi 9 urinishning esa 4 tasida ustun keldi.

Eldor shuningdek, uch marta muhim uzatma amalga oshirdi va bir bor golga tortadigan uzatma muallifiga aylandi.

Shomurodov A Seriya 2020/21 yilgi mavsumida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 2 gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:37, 10.01.2021.
O'qildi: 10613 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик