Kataloniyaning «Barselona» klubi argentinalik hujumchisi Lionel Messiga bag‘ishlab post qoldirdi. Bunga sabab - Messining «Oltin to‘pni» qo‘lga kiritganiga o‘n yil bo‘ldi.
«11 yanvar 2010 yil - eng zo‘ri. 11 yanvar 2021 yil - haligacha eng zo‘ri», - deyiladi «ko‘k-anorranglilar»ning matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Messining hisobida oltita «Oltin to‘p» bor.