Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

La liganing so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi dribling ustalari reytingi: Messi — yetakchi

La liganing so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi dribling ustalari reytingi: Messi — yetakchi

Baho:
+ | -

Opta nashri La liganing so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi dribling ustalari reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga tegishli bo‘ldi. Argentinalik futbolchi raqiblarini jami 1617 marta muvaffaqiyatli aldab o‘tgan va eng yaqin ta’qibchidan deyarli uch barobarga o‘zib ketgan.

Ikkinchi pog‘onani esa Bilbaoning "Atletik" klubi hujumchisi Iker Muniain egalladi. U o‘n yil davomida "bor-yo‘g‘i" 607 marta raqiblarini aldab o‘tgan. "Real" safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Isko esa 527ta dribling bilan kuchli uchlikka kirdi. Neymar esa "Barsa" safida 4 yillik faoliyati davomida raqib futbolchilarini 493 marta aldab o‘tgan va u to‘rtinchi o‘ringa joylashdi.

2018 yilda «Yuventus»ga yo‘l olgan «Real» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu 10-pog‘onani band etdi. Portugaliyalik futbolchi 8 yil davomida 403ta aldab o‘tishni amalga oshirgan.

Top-10lik bilan tanishing:

1. Lionel Messi («Barselona») — 1 617 dribling;

2. Iker Muniain («Atletik») — 607;

3. Isko («Real») — 527;

4. Neymar («Barselona») — 493;

5. Ever Banega («Sevilya» va «Valensiya») — 465;

6. Fabian Orelyana («Valyadolid») — 452;

7. Xoakin Sanches («Betis») — 450;

8. Marselo («Real») — 430;

9. Andres Inesta («Barselona») — 426.

10. Ronaldu («Real») — 407.

Manba: football.ua
Kiritildi: 17:17, 11.01.2021.
O'qildi: 3787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.